Oʻzbekiston yoʻl xavfsizligi sohasidagi ishlar holati boʻyicha Markaziy Osiyoda nechanchi oʻrinda?

15:21 18 Sentyabr 2019 Jamiyat
107 0

Yoʻl harakati xavfsizligi muammosi taraqqiyotning global muammolaridan biri hisoblanadi. Bu muammo har yili 1,35 mln. kishining hayotiga zomin boʻlib, 50 mln. kishining turli darajada jiddiy jarohat olishiga sabab boʻlmoqda. Yoʻl-transport jarohati bolalar va yoshlar orasida oʻlimning asosiy sababi hisoblanadi, katta ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarga olib keladi, buning natijasida koʻpchilik mamlakatlarda iqtisodiy zarar YAIMning 5 foizigacha yetadi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining 2018-yildagi Global hisobotida taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston yoʻl xavfsizligi sohasidagi ishlar holati boʻyicha Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida yetakchi oʻrinni egallaydi: 100 ming kishiga yoʻl-transport hodisasi tufayli halok boʻlgan 11,5 kishi toʻgʻri keladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva va BMT Bosh kotibining oʻrinbosari, Yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha maxsus vakili Jan Todt oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda shu haqda toʻxtalib oʻtildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?