Oʻzbekiston “Yilning eng yaxshi boks mamlakati” deb topildi

17:57 06 Yanvar 2020 Sport
432 0

Angliyaning mashhur sport saytlaridan biri thefight-site.com nashri havaskor boksda dunyoning eng yaxshi sportchilari va boshqa nominatsiyalar boʻyicha kuchlilar nomini eʼlon qildi.

Eʼtiborlisi, boks boʻyicha turli yoʻnalishlarning gʻoliblari sifatida Oʻzbekiston sportchilari eʼtirofga sazovor boʻlishdi.

Maqola muallifi Teylor Uxigginsning keltirishicha, “2019-yil bokschisi”, deya Osiyo va Jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilov egallagan boʻlsa, undan keyingi oʻrinlarda kubalik Endi Kruz Gomes va Bahodir Jalolov nomlari qayd etilgan.

Jahon boksida “Qiziqarli janglar olib boruvchi” sifatida hamyurtimiz Abdumalik Halakov keltirilgan. “Yil nokauti” sifatida esa Bahodir Jalolovning Richard Torres ustidan qozongan gʻalabasi koʻrsatilgan.

Maqola soʻngida “Yilning eng yaxshi boks mamlakati”, deya Oʻzbekiston nomi keltirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?