Oʻzbekiston-Ispaniya siyosiy maslahatlashuvlarining oltinchi raundi boʻlib oʻtadi

10:38 26 Fevral 2019 Siyosat
188 0

Bugun 26 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Oʻzbekiston-Ispaniya siyosiy maslahatlashuvlarining oltinchi raundi boʻlib oʻtadi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Unda ishtirok etish uchun Ispaniya Qirolligi Tashqi ishlar, Yevropa ittifoqi va hamkorlik vazirligi Davlat kotibi Fernando Valensuela boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga yetib kelgan.

Ispaniya delegatsiyasi mamlakatimizda boʻlib turgan chogʻida Investitsiya va tashqi savdo, Transport vazirliklarida, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasida, Savdo-sanoat palatasida ham muzokaralar oʻtkazadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?