Oʻzbekiston internet tezligi boʻyicha reytingda keskin pastlab ketdi

11:12 18 Fevral 2019 Jamiyat
301 0

Illyustrativ foto

Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga qarashli Speedtest.net internet-servisi Speedtest Global Index har oylik reytingni eʼlon qildi. Unda 2019 yil yanvar oyi yakunlari boʻyicha butun dunyo boʻyicha mobil va simli internet tezligi boʻyicha maʼlumotlar chop etildi.

Mobil internet tezligi boʻyicha Oʻzbekiston 137 davlat ichida 129-oʻrinni egalladi (8,80 Mbit/s). Bu oʻtgan yil soʻnggidagi koʻrsatkichdan 18 pogʻona pastroq sanaladi. Simli internet tezligi boʻyicha mamlakat 177 davlat orasidan 131-pogʻonada qayd etildi (11,31 Mbit/s). Bu koʻrsatkich boʻyicha Oʻzbekiston naq 23-oʻrin pastga tushib ketdi.

Qayd etib oʻtish kerak, mazkur kompaniya yangi yildan reytingga shu paytgacha roʻyxatga kiritilmagan davlatlarni ham qoʻshgan. Bu oʻz navbatida Oʻzbekistonning pozitsiyalariga taʼsir koʻrsatgan.

Umumiy reyting boʻyicha Islandiya mobil internet tezligida (73,93 Mbit/s), Singapur simli internet tezligi boʻyicha (197,94 Mbit/s) birinchi pogʻonadan joy olgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?