Oʻzbekiston ilk bor Ukrainaga kartoshka eksport qildi

16:14 29 May 2019 Jamiyat
346 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekistondan Ukrainaga ertapishar kartoshka yetkazib berish boshlandi. Bu haqda EastFruit manbasi xabar berdi.

Kartoshka ulgurji narxlarda 15-17 grivna(57-64 sent)dan taklif etilyapti. Yurtimizda yetishtirilgan ushbu neʼmatning sifati yaxshi boʻlsa-da, u ukrain isteʼmolchilarigacha yetib borishi uchun oradan maʼlum vaqt oʻtadi. Bu esa uning sifatiga taʼsir etmasdan qolmaydi.

Shuning uchun ayni paytda uning sotilishi maʼlum qiyinchiliklarni tugʻdirmoqda. Ukrainaning oʻzida yetishtirilgan ertapishar kartoshka esa yigʻib olingani zahotiyoq xaridorlarga yetkazib beriladi. Bu esa uning sifatini taʼminlashda vaqtdan yutish imkonini beradi. Boz ustiga, narx boʻyicha ham raqobatbardosh boʻlib turibdi.

EastFruit ekspertlarining qayd etishicha, Ukraina bundan oldin oʻzbek kartoshkasini hech qachon import qilmagan, sababi Oʻzbekistonning oʻzi kartoshkaning yirik asosiy importchilaridan hisoblanadi. Oʻzbekiston yiliga 150-300 ming tonnagacha kartoshka sotib oladi va mazkur koʻrsatkichi bilan dunyodagi eng yirik yigirmata importchi qatoridan joy olgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?