Oʻzbekiston ichki ishlar organlari BAAdagi “Aqlli politsiya uchastkasi” tizimini oʻrgandi

11:53 16 May 2019 Jamiyat
242 0

Arxiv foto

Yaqinda mamlakatimizning tegishli vazirliklari va idoralari mutaxassislaridan iborat ishchi guruh Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boʻldi.

Ishchi guruh aʼzolariga “Aqlli politsiya uchastkasi” tizimining sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyatlarni oldindan aniqlash, sunʼiy intellekt yordamida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish imkoniyatlari, politsiya tomonidan onlayn rejimida yordam koʻrsatish uchun mobil ilovalar, “Uyun” tizimining boshqaruv markazi, “Smart Police Station” faoliyati va mobil ilovalarning funksiyalari namoyish etildi.

— Dubay politsiyasining “Aqlli politsiya uchastkasi” bizda katta taassurot qoldirdi, — deydi IIV Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Fayzulla Qosimov. — Shahar politsiyasining aholi va sayyohlarga koʻmaklashish uchun moʻljallangan mobil ilovalari 125 turdagi davlat xizmatini oʻz ichiga olarkan. Ushbu uchastkaga kelgan fuqaro esa eng faol 25 ta servisdan foydalana oladi.

Dubay politsiyasining ofitserlar klubida Toshkent shahrida “Aqlli politsiya uchastkasi” tizimini tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirish doirasida ikki tomonning bundan keyingi hamkorligi boʻyicha “Yoʻl xaritasi” taqdimoti oʻtkazildi.

Dilmurod SODIQOV, “Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?