Oʻzbekiston hukumati aʼzosi nemis muxbiri savollariga javob qaytardi

11:52 11 Fevral 2019 Jamiyat
272 0

Germaniyaning €uro am Sonntag jurnali muxbiri Kristoff Platt Oʻzbekistonning sobiq tashqi savdo vaziri(hozirgi qishloq xoʻjaligi vaziri) Jamshid Xoʻjayev bilan intervyu uyushtirdi. Mazkur suhbat moliya mavzusiga ixtisoslashtirilgan eng yirik Finanzen.net nemis portalida eʼlon qilindi. Ushbu material Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi yakunidan soʻng eʼlon qilindi, deb yozadi “Dunyo” AA.

Nashr savollariga javob berar ekan, J.Xoʻjayev Oʻzbekiston bugun xorij, jumladan, nemis kompaniyalari bilan oʻz hamkorligini kengaytirishga intilmoqda. Respublikada iqtisodiyotni liberallashtirish, qulay investitsiya muhiti yaratish boʻyicha salmoqli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Savdo sohasidagi qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti talablariga uygʻunlashtirish va kelgusida ushbu tashkilotga qoʻshilish bu borada muhim ahamiyat kasb etadi.

Intervyuda Germaniya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi savdo hajmlariga toʻxtalib oʻtilgan. 2017 yilda mazkur koʻrsatkich 700 million yevrogacha yetgan. Taʼkidlanganidek, oʻzbek eksportining asosiy qismini qishloq xoʻjaligi va toʻqimachilik mahsulotlari tashkil etadi.

Suhbatda mamlakatniS&P i Fitch xalqaro reyting agentliklarining BB- darajasidagi barqaror prognozli kredit reytinglarini oʻzlashtirish kapital bozorini kengaytirish, birinchi yevroobligatsiyalarni chiqarishda muhim ekanligi qayd etilgan.

Yakunda mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti imkoniyatlari mintaqaviy hamkorlikning faollashuvi va Buyuk ipak yoʻli qayta tiklanishi boʻyicha loyihalarning amalga oshirilishi sharofati bilan sezilarli ravishda yuksalgani alohida eʼtirof etilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?