“Oʻzbekiston havo yoʻllari” salkam 53 dollarga 220 mb internet sotadi

11:45 18 Mart 2019 Iqtisodiyot
335 0

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” samolyotlari pulli Wi-Fi xizmati ishga tushirildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati maʼlum qildi.

Kompaniya samolyot bortida foydalanish mumkin boʻlgan shunday tariflarni taqdim etdi va ularning narxini eʼlon qildi. Unga koʻra, eng arzon internet paket 20 mb boʻlib, u 256 Kb/s tezlikda taqdim etiladi. 20 mb uchun narx 49 826 soʻmni ($5,95)ni tashkil qiladi. Eng qimmat paket 52,95 dollarni tashkil etib, bu narxga (512 Kb/s tezlik) 220 mb internet trafiki taqdim etiladi.

Milliy aviakompaniya bortida Wi-Fi oʻrnatilishi Prezident qarori bilan 2018 yil boshida rejalashtirilgan, lekin buning uchun yangi samolyotlar zarur edi.

Shunday samolyotlardan biri Airbus A320neo joriy yilning mart oyida Oʻzbekistonga olib kelindi. 2019 yilning ikkinchi yarmida esa Wi-Fi bilan jihozlanuvchi yana ikkita yangi Boeing 787 Dreamliner samolyotlari keltirilishi kutilmoqda.

Uzcard toʻlov tizimi Uzbekistan Airways billing markaziga birlashtirilgan boʻlib, endilikda yoʻlovchilar ayni parvoz vaqtida plastik karta orqali kerakli trafikka ega internet paketlarni sotib olishlari mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?