“Oʻzbekiston havo yullari” monopoliyasiga barham beriladi, kompaniya ikkiga ajratiladi

14:29 28 Noyabr 2018 Jamiyat
536 0

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bazasida Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati tashkil etiladi. Bu haqda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida qayd etilgan.

Hujjatga koʻra, milliy aviakompaniya qoshida Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports (aeroportni nazorat qilish boʻyicha) aksiyadorlik jamiyatlari tuzilishi belgilab qoʻyilgan va ularning asosiy vazifalari belgilab berilgan.

Kompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, hujjat bilan aviakompaniya tizimidagi davlat unitar korxonalari masʼuliyati cheklangan jamiyat shakliga oʻtkaziladi. Jumladan samolyotlarga texnik yordam koʻrsatuvchi Uzbekistan Airways Technics ham MCHJ shaklida qayta tashkil qilinadi.

“Oʻzaeronavigatsiya markazi” esa Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga oʻtkaziladi. “Maxsus aviatsion ishlar boʻyicha aviakompaniya” bazasida “Uzbekistan Helicopters“ MCHJ tashkil qilinadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?