“O‘zbekiston havo yo‘llari” oktyabrdan Saudiya Arabistoniga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi

16:19 15 Avgust 2018 Jamiyat
391 0
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi 2018 yilning 28 oktyabridan Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Manba xabariga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar haftada ikki marta amalga oshiriladi. Unga qadar esa Jiddaga faqatgina “Haj” dasturi asosida charter reyslar amalga oshiriladi.

Toshkentdan Jiddaga parvozlar va qaytishni Boeing767 avialaynerlari orqali amalga oshiriladi. Aviaqatnovlar seshanba va yakshanba kuni amalga oshiriladi.

Toshkent-Jidda yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanuvchi aviaqatnov vaqti (mahalliy vaqtlarda ko‘rsatilgan):

Seshanba va yakshanba kunlari: HY-335 Toshkent 17:50 – Jidda 21:00

Seshanba va yakshanba kunlari: HY-336 Jidda 22:30 – Toshkent 05:10+1.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?