Oʻzbekiston navbatdagi “Boeing -787-8 Dreamliner”  yoʻlovchi avialaynerini qabul qabul qilib oldi

08:50 14 Aprel 2019 Jamiyat
712 0

Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.

Avialayner raqobatdooshlik va parvozlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida MAK aviaparkini zamonaviy aviatsiya texnikalari bilan yangilash va kengaytirish maqsadidagi investitsion loyiha doirasida sotib olingan.

Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.

Yangi samolyot avvalgi uchta “Boeing -787-8 Dreamliner“ kabi ishlab chiqaruvchi zavodidan keltirildi. Shuningdek, unda yonilgʻi sarflash samaradorligini oshirish, shovqin darajasini pasaytirish va atmosferaga CO2 gazining ajrab chiqishini kamaytirish imkonini beruvchi “GE Aviation” kompaniyasining “ GEnx-1B”dvigatellari oʻrnatilgan. Avialayner biznes klassda 24 nafar, ekonom klassda esa 222 nafar jami 246 yoʻlovchini tashishga moʻljallangan.

Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.

Unda yoʻlovchilar uchun maksimal qulayliklar yaratilgan. Shinam samolyot sahni, qulay va keng oʻrindiqlar, yangi pol qoplamlari, yoritish va tovush izolyatsiyasi, individual koʻngilochar dasturli HD sensorli monitorlar  yoʻlovchilarga parvoz davomida ajoyib taassurot qoldiradi.

Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.

Taʼkidlash joizki, navbatdagi “havo kema”si MAK tomonidan ekspluatatsiya qilinayotgan boshqa uchta Dreamlinerdan internetga kirish uskunalari mavjudligi bilan farqlanadi. Bu aviakompaniyaning “bortda internet” xizmatidan foydalanish mumkin boʻlgan uchinchi layneridir. Parvozdagi aloqa provayderi MAKning “Airbus- A320neo” samolyotiga ham provayderlik qilgan, (Inflight Entertainment and Connectivity) koʻngilochar dasturlar va aloqa tizimini oʻrnatgan “Panasonic Avionics Corporation”kompaniyasi hisoblanadi.

Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.

”Boeing- 787-8 Dreamliner"ning Markaziy Osiyodagi birinchi buyurtmachisi boʻlgan Oʻzbekiston milliy aviakompaniyasi ularning tijoriy ekspluatatsiyasini 2016 yilda boshlagan. MAKning 2020 yilga moʻljallangan rivojlanish rejalariga muvofiq, aviapark ushbu rusumdagi oltita samolyot bilan toʻldiriladi va MDHda bunday samolyotlarning yetakchi ekspluatantiga aylanadi.

Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.

Aviaparkning modernizatsiya qilinishi Oʻzbekiston milliy aviakompaniyasiga xalqaro aviatashuvlar bozorida respublikaning manfaatlarini munosib tarzda namoyish etish, mamlakatning iqtisodiy salohiyatini oshirish, xususan, ichki va tashqi turizm sohasini rivojlanishiga imkon yaratib, uning taraqqiyot yoʻlida yangi bosqichni boshlab beradi.

Dilshod Ulugʻmurodov


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?