“Oʻzbekiston havo yoʻllari”: monopoliya va yuqori narxlar haqida

18:52 12 Iyul 2019 Iqtisodiyot
1160 0

“Oʻzbekiston havo yoʻllari“ Milliy aviakompaniyasi yaqinda milliy aviatashuvchi biletlariga narx belgilash, charter va muntazam parvozlar tushunchasini oʻzgartirish va mamlakat fuqaro aviatsiyasi bilan bogʻliq boshqa masalalar koʻtarilgan bir nechta maqola va postlarni diqqat bilan oʻrganib chiqdi.

Milliy aviakompaniya oʻzini Oʻzbekiston Respublikasining korporativ fuqarosi deb biladi va bugungi kunda jamoa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Oʻzbekiston havo yoʻllari“ oldiga qoʻyilgan va soha infratuzilmasini tubdan yaxshilashga qaratilgan keng koʻlamli vazifalarni amalga oshirish ustida ishlamoqda. Biz ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi barcha nashr va chiqishlarni bizga xizmat sifatini yaxshilashga yordam beradigan jamoatchilik fikrini aks ettiruvchi koʻzgu deb bilamiz.

Biroq, fuqaro aviatsiyasi, jumladan“Oʻzbekiston havo yoʻllari“ aviakompaniyasiga tegishli baʼzi jihatlarni notoʻgʻri sharhlayotganlar ham bor. Biz maqolalar mualliflari, blogerlar, onlayn-nashr va ommaviy axborot vositalari vakillarini yigʻib, ularning savollariga yuzma-yuz uchrashuvda javob berishga tayyormiz. Hozir esa, shu kunlarda yuzaga kelayotgan savollar boʻyicha notoʻgʻri maʼlumot tarqalmasligining oldini olish maqsadida javob berishni joiz deb, topdik.

Aziza Umarovaning ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan materiallaridan: “Oddiy odamlar taʼtilda xorijga ucha olmaydi, chunki monopol-aviatashuvchi Oʻzbekistonga raqobatchi qoʻymaydi“.

2018-yilga kelib Oʻzbekistonga uchadigan xorijiy aviakompaniyalarning soni 2017-yilga nisbatan 14 dan 18 gacha (28% ga) ortdi. Xorijiy aviakompaniyalar tomonidan amalga oshirilgan reyslar soni 6 833dan 9657ga (41% ga) oʻsdi. “Oʻzbekiston havo yoʻllari“ Milliy aviakompaniyasidan tashqari, xalqaro havo tashish bozorida oʻn sakkizta xorijiy aviakompaniya dunyoning 9ta mamlakatidan Oʻzbekiston Respublikasining Toshkent va boshqa aeroportlariga tijoriy qatnovlarni amalga oshiradi. “Aeroflot“, Asiana Airlines, Korean Air, China Southern, Kam Air, Rossia, S7, Turkish Airlines, Ural Airlines,Yakutiya, NordWind, Red Wings, Iraero, Buta Airways (Azal Airlines), Somon Air, Fly Dubai, UTair shular jumlasidan. Misol tariqasida Oʻzbekiston va Qozogʻistonga parvoz qiluvchi xorijiy aviakompaniyalarning qiyosiy jadvalini keltirish mumkin.

2019-yildan boshlab Fly Dubai (BAA) va Buta Airways (Ozarbayjon) kabi loukoster aviakompaniyalar Oʻzbekistonga parvoz qilishni boshladi.Rossiya Federatsiyasidan past byudjetli aviakompaniyalar tamoyili asosida Red Wings, NordWind va Yuteyr parvoz qilmoqda.

2019-yilning yozidan sayohat agentliklari bilan birgalikda Sharm-el-Shayxga arzon narxlardagi yoʻllanmalarni taklif qilayotgan “AlMasria” (Misr) charter aviakompaniyasi Oʻzbekistonga parvozlarni yoʻlga qoʻydi.

Bizning aviatashuvlar bozorida bunday aviakompaniyalar ishlayotganini bilamiz va ularni sanab, nomini keltirish marketing va reklama nuqtai nazaridan toʻgʻriemasdir. Har bir aviakompaniya bozorda oʻzini oʻzi taqdim etishi kerak. Biroq, biz Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarida ijtimoiy tarmoqlardagi maʼlum bir nashrlardan soʻng notoʻgʻri fikr shakllanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun bunga jurʼat etdik.

Qayd etilgan aviakompaniyalarning parvozlar geografiyasi va qatnovlar soniga qarab, aksariyat yoʻnalishlarda biz ular bilan tenglik asosida ishlayotganimizga ishonch hosil qilish mumkin.

Yaʼni, xorijiy aviakompaniyalar va “Oʻzbekiston havo yoʻllari“ aviakompaniyasi tomonidan u yoki bu shaharga amalga oshirilgan qatnovlar soni bir xil. Yoʻlovchilarda esa, tanlash imkoniyati mavjud. Yunalishlarda bevosita raqib boʻlmagan holatda xorijiy aviakompaniyalar muqobil, yaʼnialternativa sifatida tranzit tashuvlarni taklif etmoqda. Bu qanday tamoyil asosda shakllantirilishi quyida aks ettiriladi.

Shuni ham taʼkidlash joizki, Hindiston, Fransiya, Germaniya, Italiya, Latviya, AQSH, Yaponiya va boshqa mamlakatlarning aviatashuvchilari Oʻzbekistonga tenglik asosida qatnovlarni amalga oshirish uchun toʻla huquqqa ega va mamlakatimiz yuridik jihatdan ularga rad javobini bermaydi.

A.Umarova fuqarolarning taʼtilga uchib keta olmasligining sababini topdi: “Oddiy fuqarolar taʼtilda xorijga ucha olmaydi, chunki monopol-aviatashuvchi Oʻzbekistonga raqobatchi qoʻymaydi“. Va bunda Turkiya alohida qayd etilgan. Shu joyda muallifning ushbu fikrlar va qarashlariga nisbatan kelishmaslikni oʻzimizga ep bildik. Ushbu yoʻnalishda Turkish Airlines bilan juda jiddiy raqobat bor. Ular, nafaqat Toshkentga/dan, balki Samarqandga/dan ham qatnovlarni amalga oshiradi (yana raqobatchimiz haqida gapiryapmiz, bunga bizni Internet tarmogʻidagi bahs-munozaralar majbur etdi). Shuningdek,Istanbulga qiyosiy narxlar jadvalini keltirib oʻtamiz.

Fikrlovchi mushtariy Oʻzbekiston bozorida raqobatning rivojlanishiga MAK toʻsqinlik qilmayotganini osongina anglashi mumkin, chunki Milliy aviakompaniya xorijiy aviatashuvchilarning Oʻzbekistonga parvoz huquqini taqiqlovchi dastakka ega emas. Ushbu vakolatlar Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligiga yuklatilgan.

Bundan tashqari, uning matnida yana quyidagi soʻzlar keltirilgan: “Bizda charter reyslar, loukosterlar va mahalliy muqobil aviakompaniyalar yoʻq. (Xohlovchilar juda koʻp)”. Respublikada alternativ aviakompaniyani yaratish masalasi MAK vakolatiga kirmaydi. Bunda “Oʻzbekiston havo yoʻllari“ni ayblash notoʻgʻri deb, hisoblaymiz. Aviakompaniya Oʻzbekiston bayrogʻi ostida yoʻlovchi va yuk tashuvlarini amalga oshiradi, parvozlar geografiyasini kengaytiradi hamda havoda va yerda yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlaydi.

Monopol aviatsiya xizmatlari borasida shuni taʼkidlashni istardikki, MAK faqatgina ichki yoʻnalishlarda yagona aviakompaniyadir (monopoldir). Agar kimdir mamlakat ichida tashuvlarni tashkil etish boʻyicha taklif bilan chiqsa, bunda ham MAK bu jarayonga qarshilik qila olmaydi. Shu bilan birga, fuqarolar hozirgi paytda MAK raqobatlashayotgan yer usti transportidan foydalanish imkoniyatiga egalar.

Endi charter qatnovlarga toʻxtalsak. Post muallifi: “Har yoz mavsumida maftunkor “Havo yoʻllari”miz Antaliyaga amalga oshiradigan standart reysini “charter” deb atab, unga chiptalarni Istanbulgacha boʻlgan reys qiymatida sotadi. Joylar esa doim aniq bir turfirma orqali bron qilinadi”.

Keling, charter nima ekanligiga aniqlik kiritaylik. Charter qatnovlari sayyohlik operatorlari tomonidan sayyohlik mavsumi davomida tashkil etiladi, muntazam qatnovlar esa, aviakompaniyalar tomonidan tashkillashtiriladi.

Yozgi mavsumda mahalliy sayyohlik agentliklari charter qatnovlariga buyurtma berish uchun Milliy aviakompaniyaga murojaat qilishadi. Odatda, Antaliya, Bodrum, Issiqkoʻl kabi mashhur yoʻnalishlarga qatnovlar amalga oshiriladi. Aviakompaniya majburiyatiga samolyot, uchuvchi tarkibi xamda parvoz xavfsizligini taʼminlash kiradi. Yoʻlovchilar uchun aviatashuvning yakuniy narxlanish masalasi bilan sayyohlik agentliklari shugʻullanadi. Charter qatnovining asosiy buyurtmachisi joylarning bir qismini boshqa sayyohlik agentliklariga sotishga haqli.

Shuning uchun, “har yoz mavsumida biz sevgan“ “Havo yoʻllari“ soʻzini “Antaliyadagi standart parvoz“ deb atashadi ... “, kabi iboralarni keltirish notoʻgʻri. “Havo Yoʻllaridan charter“ deb taʼkidlash - bu tushunchalarni“ochiq chalkashtirish” nega kerakligi tushunarli emas. Keyin shunday jumla keltirilgan: “Oʻzbek turfirmalari oʻtgan safar oʻzlari charter reyslarni yoʻlga qoʻyishni taklif etgandi, biroq ular qatʼiy rad javobini oldi. Faqat “Oʻzbekiston havo yoʻllari” uchadi“. Bu nimani anglatishini tushunish uchun bu jumlani bir necha marta qayta oʻqish kerak boʻldi. Ammo, biz muallif vaziyatni toʻliq anglamagan yoki oʻquvchilarni notoʻgʻri talqin bilan aldashga urinmoqda, degan xulosaga keldik.

Mahalliy aviakompaniyaga ichki qatnovlardagi aviachiptalar narxi borasida ham savollar koʻp. Xususan, fuqarolarda respublika ichida raqobat yoʻqligi uchun MAK yuqori narxlarni belgilamoqda, degan fikr tugʻilmoqda. Quyidagi jumlani oʻqib, aksariyat kishilar buni haqiqat, deb qabul qilishlari, va ehtimol, samolyotda uchishdan bosh tortishlari mumkin, agar oʻzlari shaxsan maʼlumotni tekshirmasalar : “Gap faqat Turkiya qirgʻoqlari haqidagina emas. Siz va bizning hayotimiz haqida mulohaza yuritmoqdamiz. Nukusdan Toshkentgacha boʻlgan chiptalar 100 dollardan ortiq turishi haqida”.

Oʻzini hurmat qilgan har qanday jurnalist yoki shaxs muayyan faktlarni yoki raqamlarni keltirishdan oldin, albatta, maʼlumotni qayta-qayta tekshirib, toʻliq va ishonchli maʼlumotni taqdim etadi. Bu holatda, A.Umarova saytning bronlash boʻlimiga kirish uchun vaqt topa olmaganga oʻxshaydi. Saytda hamma maʼlumot ochiq. Biz erinmasdan biletlarni sotib olish va bronlash saytlaridan Nukus-Toshkent qatnoviga skrin tasvirlarni oldik. Masalan, 15-iyul kuniga bronlashning hamma 10ta klassi (iqtisod klass) sotuvda, eng arzonidan (404391 soʻm, yaʼni taxminan $47 dollar), to eng qimmatigacha (924322 soʻm. $ 107). Barcha narxlarni quyidagi rasmda koʻrishingiz mumkin. Xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan holda, har bir tarif uchun maʼlum joy ajratilgan. Tabiiyki, fuqaro qancha vaqtliroq, yaʼni oldinroq aviachipta sotib olsa, bilet shuncha arzon tushadi. Qatnov kuni yaqinlashgan sari tariflar qimmatlashadi. Nima uchun muallif fuqarolarni aynan va faqat eng qimmat narx haqida xabardor qilayotgani uning vijdoniga havola.

Koʻrinib turibdiki, eng past va eng yuqori tariflar orasida bir necha takliflar mavjud. Parvoz vaqti - 1 soatu 20 minut.

Oʻzbekiston va Qozogʻistonning aviatsiya bozoridagi, masalan, Toshkent - Samarqand yoʻnalishi boʻyicha aviachipta narxini koʻrib chiqamiz (parvoz vaqti 50 min.). Aviasales.uz saytida ushbu yoʻnalishda $ 21 evaziga biletlar mavjud.

MAK veb-saytida - $ 11

Qozogʻistonda xuddi shunday yoʻnalishda ikkita aviakompaniya “Nur-Sulton-Pavlodar“ qatnovlarini amalga oshiradi, parvoz vaqti 50 daqiqa. Aviasales.uz saytida aviachiptalar $ 49 va $ 118 dan sotuvda.

aviachiptalarni aviakompaniyalar sayti orqali sotib olish quyidagicha: ($ 1 = 382,693 dollar) $ 40,65 va $ 112. Bu eng arzon tariflar. (maʼlumot skrinlarda.)

Xulosa chiqaring.

Yana bir misol. Urganch - Toshkent yoʻnalishi boʻyicha aviachiptaning narxi 385 ming soʻmdan boshlanadi. Parvoz vaqti - 1 soatu 30 min. Biroq, “Nur-Sulton - Almati“ yoʻnalishi boʻyicha eng arzon aviachipta oʻsha sana va oʻsha parvoz vaqti bilan (1 soat 35 min.) - 344 ming soʻmni tashkil etadi. Ushbu narx Qozogʻiston loukosteri tomonidan taqdim etilgan. Eʼtibor bering, loukoster. Barcha koʻrsatilgan narxlarni ochiqlikcha tekshirish mumkin.

Biroq, MAKning ichki yoʻnalishlar boʻyicha rejalariga qaytgan holda, taʼkidlaymizki, hozirgi vaqtda qatnovlar sonini oshirish va tariflarni qoʻshimcha optimallashtirish masalasi koʻrib chiqilmoqda.

“Viloyatlardagi yopiq yoki boʻsh aeroportlar haqida“. Bunday iborani ogʻriqsiz oʻqish mumkin emas, agar haqiqiy vaziyat bilan tanish boʻlmasang. Oʻzbekistonda 11 ta aeroport mavjud: Andijon, Namangan, Fargʻona, Samarqand, Buxoro, Urganch, Navoiy, Termiz, Qarshi va Nukus shaharlarida. 2019-yilning 1-yarim yilligi natijalariga koʻra, viloyat aeroportlaridan (Toshkent shahridan tashqari) 9302 qatnov amalga oshirilib, 969,427 ming nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatilgan, 2018-yilning shu davrida esa, 8 620 ta qatnov amalga oshirilib, 717629 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatilgan. Quruq statistik maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan yili MAK Qarshi shahriga uchmagan boʻlsa-da, (ammo aeroport shtat rejimida faoliyat yuritgan va xorijiy aviakompaniyalar qatnovlarini qabul qilgan) va uchish-qoʻnish yoʻlakchasi samolyotlarni qabul qila olmaganligi sababli Andijon aedromi vaqtincha yopiq boʻlganligiga qaramasdan, boshqa barcha aeroportlarning ishlab-chiqarish koʻrsatkichlari oʻsdi.

Maʼlumot uchun: 27-iyuldan boshlab Qarshiga/dan aviakompaniyaning xalqaro va mahalliy qatnovlari rejalashtirilgan.

Hozirgi vaqtda Termiz va Andijon aeroportlarida uchish-qoʻnish yoʻlaklarini rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanmoqda.

Shu bilan birga, xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilish maqsadida Nukus aeroportida “ochiq osmon“ tamoyili joriy etilgan. Loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, bu tamoyil respublikaning boshqa mintaqaviy aeroportlarida ham qoʻllaniladi.

A.Umarovaning yozganini oʻqish alamli va achinarli: “Rossiyadagi mehnat muhojirlari bilan qaytayotgan (Qozogʻiston dashtlari orqali yurganda tiriklay insonlari bilan yongan avtobuslar toʻgʻrisida emas) samolyotda uchadigan kam xarajatli aviakompaniyalar haqida gaplashmoqdamiz”

Uni soʻzlarida aholining barqaror kayfiyatini buzishga urinishni koʻrish mumkin. Sodir boʻlgan voqea – oilalardagi katta fojiadir, ammo bu hodisani aviakompaniya bilan bogʻlash mumkin emas. Bunday falokat har qanday yoʻnalishda, nafaqat xalqaro avtobus yoʻnalishida, balki istalgan mamlakatning ichki yoʻnalishida ham sodir boʻlishi mumkin. Aksariyat mamlakatlarda, loukosterlar boʻlsa ham, fuqarolar avtobus tashuvlaridan (AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Rossiya va boshqalar) faol foydalanadilar.

Agar xalqaro qatnovlardagi aviachiptalarning narxiga toʻxtaladigan boʻlsak, koʻplab yoʻnalishlarga (Moskva, Sankt-Peterburg, Qozogʻiston, Seul, Dushanbe) qatnovlar soni oshirildi va barcha turdagi xarajatlar (aviatsiya kerosinlari, aeroportlar, aviakompaniya toʻlovlari) oshganiga qaramasdan, MAK oʻz tariflarini pasaytirmoqda. Rossiya Federatsiyasining shaharlarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz uchun mavjud tariflar boʻyicha 50% gacha chegirmalari taqdim etilmoqda.

“Mana “Havo yoʻllari“ning toʻgʻridan-toʻgʻri qatnovi va parvozi va “Air Astana” ning Almati orqali qatnovi uchun narxlar. Nega toʻgʻridan-toʻgʻri qatnov toʻxtab oʻtish bilan amlaga oshiriladigan qatnovdan qimmat?Chunki aksariyat yoʻnalishlarda (nafaqat Tbilisi) Almatiga uchib borish (yoki masalan Chimkentdan) Toshkentdan qaraganda arzon? Chunki u yerda raqobat,bizda esa, monopoliya” - bu Yuliy Yusupov postidan iqtibos.U aviatashuvlarsotuvi boʻyichasaytdan skrin joylashtirgan.

Shunisi qiziqki, muallif oʻsha 4 yoʻlovchi uchunAlmatidan Tbilisiga boʻlgan toʻgʻridan -toʻgʻri qatnov narxiga qaramagan.

Bu haqiqatan ham, aniqlashtirishni, tushuncha berish zarurligini talab etuvchi mavzu.

Buning uchun esa, shu oʻrinda raqobat sharoitida koʻpgina aviakompaniyalarningmarketing siyosati qanday koʻrilishi haqida gapirib oʻtish zarur.Aviakompaniya tranzit yoʻlovchilarnitoʻgʻridan-toʻgʻri bajariluvchi qatnovlardagi boʻsh joylarni toʻldirish uchun jalb etadi.

Shunday sharoitdaxorijiy aviakompaniya uchun boshqa mamlakatdan toʻgʻridan-toʻgʻri uchuvchi yoʻlovchilarni toʻxtab oʻtish bilan bajariladigan qatnovlarga jalb qilishning yagonauslubi - bu toʻgʻridan-toʻgʻri qatnov bajaruvchi aviatashuvchi narxlariga nisbatan arzon tariflarni taklif etishdir.

Yuliy Yusupovda keltirilgan 4 yoʻlovchi Toshkentdan Tbilisiga toʻgʻridan-toʻgʻri qatnovlar orqali3 soatu 40 minutda,12 mln. 131 ming soʻm narx evaziga uchib borishimkoniyatiga ega. Almati orqali uchish bilet narxi 11 mln. 751 soʻmni tashkil etadi. Bundaparvozvaqti8 soat 20 daqiqa va ortga 21 soatu 55 daqiqani tashkil etadi. Demak, toʻrt yoʻlovchi uchun380 ming soʻm tejaladi.

Almatidan Tbilisiga toʻgʻridan-toʻgʻri parvoz narxi Toshkentdan Tbilisiga qaraganda oʻsha sana va shuncha yoʻlovchi uchun qimmat boʻladi, yani 13 mln. 809 ming 786 soʻmni tashkil etadi.

Shulardan kelib chiqaqan holda, hurmatli mualliflar, biz sizlardan maʼlumotni obyektiv yendoshgan holda oʻrganib, soʻngra keng ommaga xolisonayetkazishingizni soʻraymiz.

Qayd etish joizki, ushbu maqola aviakompaniya mutaxassislarini asosiy xizmat vazifalaribarobarida vaqt ajratgan holatda tayyorlandi.Biz ijtimoiy tarmoqdagi aviakompaniyaga nisbatan boʻlayotgan ayblovlarga javoban indamasligimiz mumkin edi. Lekin biz Milliy aviatashuvchini yoʻlovchilar, matbuot va ijtimoiy tarmoq ishtirokchilari bilan faol muloqotgakirishgan holda oʻz ish uslubini sezilarli darajada oʻzgartirgan Oʻzbekistonning korporativ fuqarosi, deb hisoblaymiz.Sizning taklif-mulohazalaringizhar doim inobatga olingan va bundan keyin ham olinadi. Aviakompaniya va aeroportlar boʻyicha barcha maʼlumotlar bizning eʼtiborimizda. Agar aviakompaniyada aybli holatlar boʻlsa, ularni toʻgʻrilash chora-tadbirlari koʻrib chiqiladi.

Lekin,haqiqat atayin qoralab koʻrsatilsa, biz shunga yarasha javob qaytarish hamda toʻgʻri va aniq maʼlumotni yetkazishga masʼulmiz.Biz mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi materiallarni chop etuvchilar aniq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi uchun yuqorida zikr etilgan postlar va boshqa maqolalar mualliflari bilan uchrashishga, barcha savollarga javob berishga tayyormiz.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?