“O’zbekiston havo yo’llari” Milliy aviakompaniyasi samolyoti favqulodda qo’nishni amalga oshirdi

16:35 12 Mart 2018 Jamiyat
2756 0

Joriy yilning 11 mart sanasida Moskva-Buxoro yo’nalishi bo’yicha 608-sonli qatnovini amalga oshirayotgan “Boeing 767” havo kemasi yo’lovchilardan birining salomatligi yomonlashgani bois Samara shahri aeroportiga favqulodda qo’ndirildi. Shundan so’ng “Kurumoch” aeroportida O’zbekiston fuqarosiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatilib, u Samara shahridagi klinikalardan biriga joylashtirildi.  
“Boeing 767” layneri ekipaji mahalliy vaqt bilan soat 19:15 da belgilangan yo’nalish bo’yicha parvozlarni amalga oshirdi va Toshkent vaqti bilan soat 22:41 da  “Buxoro” xalqaro aeroportiga qo’ndi. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?