Oʻzbekiston harbiylari Moskvadagi Gʻalaba paradida ishtirok etish uchun yetib keldi

12:29 17 Iyun 2020 Siyosat
383 0

Arxiv foto

“12 mamlakatning harbiy xizmatchilari allaqachon tashrif buyurishdi: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy Xalq Respublikasi, Moldova, Moʻgʻuliston, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston. Ularning aksariyati 15-iyun kuni Alabinodagi parad maydonchasidagi mashgʻulotda ishtirok etdi”, — deya qayd etib o'tdi Rossiya armiyasining Quruqlikdagi qoʻshinlari bosh qoʻmondoni Oleg Salyukov.

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov qator davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston Prezidenti Moskvadagi Gʻalaba paradida ishtirok etishini tasdiqlaganini maʼlum qilgan edi, deb yozadi Sputnik.

Eslatib oʻtamiz, Rossiyada 9-may kuni boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan Gʻalaba paradi koronavirus pandemiyasi sabab 24-iyun kuni oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?