Oʻzbekiston fuqarosi Rossiyaga qariyb 200 mln. tengelik saygʻoq shoxlarini noqonuniy olib oʻtishga urindi

17:51 12 Aprel 2019 Jamiyat
318 0

Oʻzbekiston fuqarosi Rossiyaga qariyb 200 mln. tengelik saygʻoq shoxlarini noqonuniy olib oʻtishga urindi. Bu haqda “Kazinform” agentligi Qozogʻiston davlat xavfsizligi qoʻmitasi chegara xizmati matbuot xizmati maʼlumotiga asoslanib xabar berdi.

Oʻzbekistonning 49 yoshli fuqarosi Rossiyaga yirik miqdordagi kontrabanda tovarlarini olib oʻtishga uringan. Biroq u Uralsk chegara otryadi “Sirimavto” chegara boʻlinmasi tomonidan ushlangan.

Ushbu fuqaro “Oral-Samara” yoʻnalishidagi avtobusda oʻzi bilan katta chamadon olib ketayotgan edi. Uning ichidan saygʻoqlarning yangi kesilgan 148 dona shoxi borligi maʼlum boʻldi. Noqonuniy yukning qiymati 196 mln. tengega teng.

Ushbu holat boʻyicha Qozogʻiston Respublikasi JK tegishli moddasi boʻyicha suddan oldingi tergov-surishtiruv ishlari olib borilyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?