Oʻzbekiston FIFA reytingida yana pastladi

14:18 20 Sentyabr 2018 Sport
1560 0

Bugun Xalqaro futbol ittifoqi FIFA terma jamoalarning yangi reytingni eʼlon qildi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi bir pogʻona pastladi. Yangilangan reytingda Oʻzbekiston terma jamoasi 1245 ochko toʻplagan holda 96-oʻrinda bormoqda.

Osiyo mintaqasi boʻyicha Eron peshqadamlikni saqlab qoldi – 33-oʻrin. Keyingi oʻrinlarda Avstraliya (43), Yaponiya (54), Janubiy Koreya (55), Saudiya Arabistoni (71), Suriya (74), Xitoy (76), Livan va BAA (ikkalasi 77), Ummon (85), Iroq (89), Qirgʻiziston (91), Qatar (94) va shundan soʻng Oʻzbekiston (96) joylashadi. Bu orqali Oʻzbekiston Osiyoning 15-terma jamoasiga aylanadi.

Umumiy reytingda peshqadam oʻzgardi. Endilikda Belgiya terma jamoasi jahon chempionlari Fransiya bilan bir xilda ochko toʻplagan holda reytingda qoʻshhokimlik qilmoqda. Kuchli oʻnlikdan shuningdek, Braziliya, Xorvatiya, Urugvay, Angliya, Portugaliya, Shveysariya, Ispaniya va Daniya terma jamoalari oʻrin egallagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?