Oʻzbekiston Elchixonasining vatandoshlar uchun yangi loyihasi

10:37 14 May 2019 Jamiyat
124 0

Oʻzbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda “Oʻzbekistondagi boʻsh ish oʻrinlari” nomli mutlaqo yangi loyihani taqdim etdi.

Elchixona veb-saytida maxsus boʻlim ochilib, unda Oʻzbekiston Respublikasi davlat va xususiy tashkilotlarida yuqori malakali vatandoshlarimiz uchun mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqida batafsil maʼlumotlar keltirilgan.

Jadvalda ish beruvchi, faoliyat sohasi/lavozim turi, ish hududi, nomzodlarga talablar, taklif qilinayotgan ish haqi hamda murojaat qilish yoki rezyume yuborish uchun telefon raqamlari havola etilgan. Jadvaldagi maʼlumotlar tegishli tashkilotlardan murojaatlar kelishiga qarab muntazam ravishda yangilanib boradi.

Elchixona mazkur loyiha vatandoshlarimizga oʻzlari orzu qilgan ishni topish va beqiyos Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshish imkonini beradi, deb umid qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining
Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

Matbuot xizmati


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?