Oʻzbekiston elchixonasi Turkiyada qolgan oʻzbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi

08:34 22 Iyun 2020 Jamiyat
688 0

Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi ushbu mamlakat hududida vaqtinchalik boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga eslatma bilan chiqdi.

«Turkiyada COVID-19 epidemiyasi tufayli parvozlarning bekor qilinishi natijasida viza/vaqtincha roʻyxatdan oʻtish muhlati oʻtgan Oʻzbekiston fuqarolariga nisbatan jazolar qoʻllanilmasligi haqida mamlakat hukumati tomonidan qaror qabul qilingan edi.

Turkiyada epidemiologik vaziyat barqarorlashib borishi, qator xorijiy davlatlar bilan aviaqatnov tiklanishi sababli Turkiya hukumati bu yoʻnalishda qoʻshimcha choralar qabul qilmoqda», — deyiladi murojaatda.

Taʼkidlanishicha, Turkiya IIV tomonidan tarqalgan yoʻriqnomaga asosan, mamlakat hududini maʼlum sabablarga koʻra tark etmagan chet el fuqarolari (transport aloqalari toʻxtatilgan vaqtdan vaziyat normallashgan muddatga qadar) hamda kirish vizasi va vaqtincha roʻyxatdan oʻtish muhlati oʻtgan xorijiy fuqarolar Turkiyaning oʻz davlatlari bilan transport qatnoviga ruxsat berilganidan soʻng bir oy ichida chiqib ketishi yoki viza/vaqtincha roʻyxatdan oʻtish muddatini qaytadan rasmiylashtirishi zarur.

“Shu sababli Turkiya hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga Turkiya tomonidan qabul qilingan ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda koronavirus kasalligidan oʻzini himoyalash boʻyicha barcha zarur talablarga rioya etish tavsiya etiladi”, — deyiladi elchixona tomonidan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?