Oʻzbekiston Ektor Kuperning debyut uchrashuvida Suriyani yenga olmadi

10:15 07 Sentyabr 2018 Sport
189 0
Fotо: СА

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi 6 sentyabr kuni yangi bosh murabbiy boshchiligidagi ilk oʻyinini oʻtkazdi. Unda terma jamoamizga Suriya vakillari raqiblik qildi.

Aytish mumkinki, Kuperning Oʻzbekiston bilan dastlabki oʻyini muvaffaqiyatsiz chiqdi. Uchrashuvda Marat Bikmayev penaltidan hisobni ochgan boʻlsada, 78-daqiqada Umar as-Soma boshi bilan Nesterovning ustidan toʻpni “oshirib” qoʻygan holda bergan zarbasi bilan hisob tenglashdi. Bu natija oʻyin soʻngiga qadar oʻzgarmay qoldi.

Oʻyinning umumiy xulosasiga toʻxtaladigan boʻlsak, Oʻzbekiston terma jamoasi bir qator qoʻpol xatolarga yoʻl qoʻydi. Jamoaning oʻzaro tushunib oʻyin koʻrsatishida qator nuqsonlar koʻzga tashlandi. Albatta bu Kuperning terma jamoa bilan birinchi oʻyini ekanini hisobga olsak, kelgusida bu kamchiliklar bartaraf etilishiga umid qilsak boʻladi. Hozircha esa darajamiz Suriyani Toshkentda magʻlub etishga ham yetmayapti.

Oʻrtoqlik oʻyini

Toshkent, “Milliy” stadioni, 17800 tomoshabin
Oʻzbekiston - Suriya - 1:1 (0:0
Gollar:
Marat Bikmayev (62, pen) - Umar as-Soma (78)
Oʻzbekiston: Ignatiy Nesterov, Akmal Shorahmedov, Yegor Krimes, Anzur Ismoilov, Oleg Zoteyev, Javlon Ibrohimov (Sardor Sobirxoʻjayev, 46), Otabek Shukurov, Sardor Rashidov (Eldor Shomurodov, 76), Marat Bikmayev (Temurxoʻja Abduxoliqov, 68), Husniddin Gʻofurov (Sanʼat Shixov, 68), Ivan Nagayev (Sardor Mirzayev, 55).
Suriya: Ibrohim Alma, Nodim Sabogʻ, Abdul Malik Alanizan, Jihod Al-Bavur, Umro Al-Midaniy,Mahmud Al-Mavas, Umar As-Soma, Usoma Umariy (Anas Usmon, 83), Tamir Xoj Muhammad, Muhammad Usmon, Fahad Yusuf.

Ogohlantirishlar: Sardor Rashidov (41) - Tamir Xoj Muhammad (30).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?