O‘zbekiston dzyudo terma jamoasining Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibi ma’lum bo‘ldi

14:16 27 Iyul 2018 Sport
455 0
Foto: judo.uz

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibi aniq bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etib o‘tish joiz, O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada 12ta vazn toifasida ishtirok etadi. Unda 7 vazn toifasida erkaklar, 5 vazn toifasida ayollar gilamga chiqishadi.

Quyida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi bilan tanishib olishingiz mumkin:

Erkaklar

-60kg: Diyorbek O‘rozboyev

-66kg: Shahram Ahadov

-73kg: G‘iyosjon Boboyev

-81kg: Sharofiddin Boltaboyev

-90kg: Shahzodbek Sobirov

-100kg: Sherali Jo‘rayev

+100kg: Bekmurod Oltiboyev

Ayollar

-52kg: Diyora Keldiyorova

-57kg: Omongul Ollanazarova

-63kg: Gulnoza Ziyayeva

-70kg: Gulnoza Matniyozova

-78kg: Nodira Yuldasheva

+78kg: Rinata Ilmatova

Bosh murabbiy: Farxod To‘rayev

Murabbiy: Rafik Izmaylov

Massajchi: Jovlon Hasanov

Ma’lumot uchun, XVIII Osiyo o‘yinlari Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Musobaqa rasman 18 avgustdan start oladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?