Oʻzbekiston dzyudo terma jamoasi Marokash Gran-prisida umumjamoa hisobida 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi

10:34 11 Mart 2019 Jamiyat
327 0

Kecha Marokashda oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha gran-pri turniri yakunlandi. Tokio-2020 olimpiadasiga reyting ochkolarini taqdim etgan ushbu turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Musobaqa yakuniga yetgach, barcha jamoalar tomonidan qoʻlga kiritilgan medallar sarhisob qilindi va unda polvonlarimiz ikkitadan oltin va bronza medallariga ega chiqqan holda gran-pri turnirida umumjamoa hisobida 2-oʻrinni egalladi.

Marokash gran-prisida umumjamoa hisobida 1-oʻrinni Germaniya terma jamoasi aʼzolari qoʻlga kiritdi. Ular musobaqada xuddi biz kabi ikkita oltin medalga sazovor boʻlgandi, biroq ularning kumush va bronza medallari soni koʻpligi yakunda nemislarga qoʻl keldi. Germaniya terma jamoasi aʼzolari oʻz hisobiga bitta kumush va toʻrtta bronza medalini qoʻshib qoʻyishdi. Kuchli uchlikni esa ikkita oltin va bitta bronza medalini qoʻlga kiritgan fransiyalik dzyudo ustalari yakunlab berishdi.

Eslatib oʻtamiz, Marokash gran-prisida Sharofiddin Lutfullayev (-60 kg.) hamda Sardor Nurullayev (-66 kg.) oltin medal sohibiga aylangan boʻlsa, Hikmatillo Toʻrayev (-73 kg.) va Muhammadkarim Xurramovlar (-100 kg.) bronza medaliga ega chiqishgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?