Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasiga yangi rais saylandi

15:04 20 Dekabr 2018 Sport
649 0

Bugun, 20 dekabr kuni Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilish kun tartibidan oʻrin olgan asosiy masalalar tashkilotga yangi rais saylab olishdan iborat edi. Shuni inobatga olgan holda federatsiya rahbarligiga Aziz Kamilov nomzodi ilgari surildi. Konferensiya ishtirokchilari taqdim etilgan nomzodni qoʻllab-quvvatlashdi va shu tariqa Aziz Kamilov Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasining yangi raisi lavozimiga saylandi. Jamshid Nasriddinov esa federatsiya bosh kotibi lavozimida faoliyat olib boradigan boʻldi.

Dzyudo federatsiyasining yangi raisi esa oʻziga bildirilgan ishonchni oqlab, yangidan-yangi muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritishga tayyor ekanligini aytdi. Oʻz rejalari bilan tanishtirib oʻtdi. Oʻz navbatida bungacha erishilgan natijalarda, Respublikamizda dzyudoning bugungi kunda tutgan mavqeida federatsiyaning avvalgi rahbariyati hissasi katta ekanligini alohida qayd etib oʻtdi.

Maʼlumot uchun, Kamilov Aziz Yakubjanovich 1984 yilning 19 iyunida Toshkent shahrida tavallud topgan. Oilali. Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?