Oʻzbekiston dunyo reytinglarida qanday oʻrinlarda bormoqda?

11:22 28 Mart 2019 Siyosat
1102 0

Illyustrativ foto

“Yuksalish” umummilliy harakati Oʻzbekistonning jahon reytinglaridagi oʻrni haqida umumiy maʼlumot tayyorladi.

Quyida Oʻzbekistonning turli yoʻnalishlar boʻyicha reytingdagi oʻrinlari berilgan:

1-oʻrin: Notoʻgʻri ovqatlanganlik tufayli yuqori oʻlim darajasi reytingi

2-oʻrin:

  • Paxta tolasi eksporti
  • “Qorakoʻl” ishlab chiqarish

3-oʻrin:

  • Kadmiy qazib olish
  • Paxta eksporti
  • Uran eksporti
  • Toshkent — 2019 yil eng arzon shaharlar roʻyxatida

4-oʻrin: Aniqlangan oltin zaxiralari

5-oʻrin:

  • Paxta ishlab chiqarish
  • Yolgʻiz sayyohlar uchun xavfsiz davlatlarning 2019 yilgi roʻyxatida

6-oʻrin:

  • Xom ipak ishlab chiqarish
  • Paxta yetishtirish
  • Uran qazib olish

7-oʻrin: Aniqlangan uran zaxiralari

8-oʻrin:

  • Oltin qazib olish
  • Aniqlangan molibden zaxiralari

10-oʻrin: Tasdiqlangan mis zaxiralari

11-oʻrin:

  • Sunʼiy sugʻoriladigan yer maydoni
  • Tabiiy gaz qazib olish

12-oʻrin: Korxonalarni roʻyxatga olish (Doing Business-2019)

14-oʻrin: Tabiiy gaz zaxiralari

16-oʻrin: Havosi iflos mamlakatlar reytingi-2018

18-oʻrin: Benzin narxi eng arzon boʻlgan mamlakatlar reytingi

39-oʻrin: Harbiy qudrat boʻyicha butunjahon indeksi

41-oʻrin: Shartnomalar ijrosini taʼminlash (Doing Business-2019)

43-oʻrin: Aholi soni boʻyicha

44-oʻrin: Butunjahon baxt indeksi-2018

52-oʻrin: Barqaror taraqqiyot maqsadlari indeksi-2018

53-oʻrin: Butunjahon xayriya indeksi-2018

56-oʻrin: Yer maydoni boʻyicha

60-oʻrin: Kredit olish (Doing Business-2019)

64-oʻrin:

  • Minoritar investorlarni himoya qilish (Doing Business-2019)
  • Soliqqa tortish (Doing Business-2019)

67-oʻrin: Vizasiz rejim (Global Passport Power Rank 2019)

69-oʻrin: Arzon mobil internet reytingi-2018

71-oʻrin: Mulkni roʻyxatga olish (Doing Business-2019)

76-oʻrin: Biznes yuritish reytingi-2019

79-oʻrin: 2019 yilgi taʼlim tizimining taʼsirini oʻlchash va baholash boʻyicha xalqaro maʼlumotlar bazasida

80-oʻrin: Jahon oziq-ovqat xavfsizligi indeksi-2018

81-oʻrin: “Elektron hukumat-2018”

91-oʻrin: Toʻlovga layoqatsizlik uchun ruxsat berish (Doing Business-2019)

92-oʻrin: Kiberxavfsizlik global reytingi-2017

94-oʻrin: Qonun ustuvorligi indeksi-2019

98-oʻrin: Ijtimoiy rivojlanish indeksi-2018

100-oʻrin: Tugʻilish darajasi

101-oʻrin: Farovonlik va barqaror iqtisodiy rivojlanish indeksi

104-oʻrin: Jahon tinchliksevarlik reytingi-2018

105-oʻrin: Inson taraqqiyoti indeksi-2018

117-oʻrin: Logistika samaradorligi indeksi

127-oʻrin: Gender tengligi darajasi

129-oʻrin: Internet tezligi boʻyicha davlatlar reytingi

132-oʻrin: Terrorizm global indeksi-2018

134-oʻrin: Qurilish uchun ruxsat olish (Doing Business-2019)

136-oʻrin: Ekologik samaradorlik indeksi-2019

140-oʻrin: Iqtisodiy erkinlik indeksi-2019

156-oʻrin: Jahon mamlakatlarining demokratiya indeksi

158-oʻrin: Korrupsiyani qabul qilish indeksi-2018 (davlatda korrupsiya darajasi)

165-oʻrin:

  • Jahon matbuot erkinligi indeksi-2018
  • Xalqaro savdo-sotiq (Doing Business-2019)

189-oʻrin: Belgilangan keng polosali ulanishlar soni

203-oʻrin: Toshkent shahri - Dunyoning yashash uchun eng yaxshi shaharlar reytingida

Oʻzbekiston quyidagi reytinglarga kiritilmagan

  • Global innovatsiyalar indeksi 2018
  • Global raqobatbardoshlik indeksi 2018
  • Dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari reytingi 2018
  • Dunyo mamlakatlari farovonligi indeksi 2018
  • Byudjet ochiqligi indeksi 2017
  • Sanoat raqobatbardoshligi indeksi

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?