O‘zbekiston DXX rahbari Tojikistonga tashrif buyurdi

13:04 12 Iyun 2018 Siyosat
582 0

O‘zbekiston davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev bugun, 12 iyun kuni ishchi tashrif bilan Dushanbega bordi. Bu haqda Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi jamoatchilik bilan aloqalar xizmati xabar bermoqda.

Manba bergan xabarda qayd qilinishicha, Ixtiyor Abdullayevni poytaxt aeroportida Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Saymo‘min Yatimov kutib olgan.

Uchrashuv davomida ikki davlat maxsus xizmatlari rahbarlari terrorizmga qarshi kurash, davlat chegaralarini muhofaza qilish, o‘zaro axborot almashish masalalarini muhokama qiladilar.

Shuningdek, O‘zbekiston DXX rahbari Rog‘un GESi barpo etilayotgan hududga tashrif buyurishi va u yerda qurilish ishlarining borishi bilan tanishishi ham ko‘zda tutilgan.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati va Tojikiston Milliy xavfsizlik xizmati davlat qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha bitim imzolanishi rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?