Oʻzbekiston delegatsiyasi Myunxenda muhim konferensiyada ishtirok etadi

09:28 13 Fevral 2019 Siyosat
406 0

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiyasi 2019-yil 13-16-fevral kunlari amaliy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasida boʻladi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati bergan xabarga koʻra, Oʻzbekiston delegatsiyasi Xavfsizlik boʻyicha Myunxen konferensiyasida ishtirok etadi.

Tashrif davomida Oʻzbekiston delegatsiyasi Myunxen shahrida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishi rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?