Oʻzbekiston delegatsiyasi Xalqaro madaniyat forumida qatnashadi

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 14-noyabr kuni Sankt-Peterburgda VIII Xalqaro madaniyat forumi ish boshlaydi. Mazkur forum ilk marotaba 2012-yilda oʻtkazilgan boʻlib, mazkur uch kunlik marafon yetti yil ichida yilning eng yorqin hodisalaridan biriga aylanadi. Rossiya Federatsiyasi hukumati, Madaniyat vazirligi va Sankt-Peterburg hukumati tomonidan tashkil etiladigan forum 14-16-noyabr kunlari boʻlib oʻtadi.
Forumga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin tashrif buyurishi kutilmoqda.
Shuningdek, unda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B. Sayfullayev ishtirok etadi.
Forum dasturidan davlatlarning madaniyat vazirlari uchrashuvi ham oʻrin olgan. Shuningdek, forum doirasida madaniyatning turli sohalari mutaxassislari uchun biznes-dasturlar hamda madaniy tadbirlarni oʻz ichiga olgan festival oʻtkaziladi. “Mediamakonda sanʼatning ovozi“ deb nomlangan yalpi munozarani mazkur forumning eng muhim hodisasi sifatida qayd etish mumkin. Ushbu munozarada ishtirokchilar madaniy axborotlarga ommaviy talab qanday shakllanishi va oʻzgarib borishi, ommaviy axborot vositalarida sanʼat va madaniyatni ommalashtirish, bugungi kunda qanday mediaformatlar yordamida zamonaviy shaxsning sanʼat bilan doimiy aloqada boʻlishiga erishish mumkinligini muhokama qiladi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda yana bir yangi yengil avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Narxi 270 mln. soʻmdan boshlanadi (FOTO)
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxoʻjayev boʻyicha bayonot berdi
- “Rossiyskaya gazeta”: “Sharqiy ekspress”. Yoxud Oʻzbekistonda kadrlar siyosati va turizm infratuzilmasi qay ahvolda? Mutasaddilar javob berdi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
02 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: