O‘zbekiston delegatsiyasi Eronga jo‘nab ketdi

11:02 09 Aprel 2018 Siyosat
404 0

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Achilbay Ramatov boshchiligidagi delegatsiya Eronga jo‘nab ketdi.

Ushbu tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Tehron shahrida bo‘lib o‘tadigan Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston — Eron hukumatlararo komissiyasining o‘n ikkinchi majlisida ishtirok etadi. 

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, delegatsiyaga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Achilbay Ramatov boshchilik qilmoqda. 
O‘zbekiston — Eron hukumatlararo komissiyasining o‘n ikkinchi majlisi 2018 yil 9-10 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?