O‘zbekiston delegatsiyasi Angliyaning “Amadeus Enertainment” va Hindistonning IIFTC kompaniyalari bilan memorandum imzoladi

20:10 13 May 2018 Madaniyat
481 0
Foto: “Xalq so‘zi online”

Kinoshunos Shohira Raufboyeva Fransiyadan maxsus “Xalq so‘zi online” uchun xabar qiladi. 
12 may kuni Kann xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etilgan o‘zbek pavilonida Angliya, Argentina, Hindiston, Rossiya, Ispaniya mamlakatlarining yirik kinokompaniyalari va boshqa tashkilotlari vakillari bilan olib borilgan muzokarlar natijasida kelgusidagi loyihalarni amalga oshirish yo‘lida muhim kelishuvlarga erishildi. 

Xususan, Angliyaning “Amadeus Entertainment” kompaniyasi bosh direktori Ivo Fiorenza bilan o‘zbek milliy filmlarini jaxon kinobozoriga olib chiqishga ko‘maklashish to‘g‘risida, Hindistonning India International Film Tourism Conclave (IIFTC) kompaniyasi direktori Harshad Bhagvat bilan O‘zbekistonda kinoturizmni rivojlantirish, o‘zbek kino komissiyasini xalqaro anglashuv memorandumlari imzolandi.

Foto: “Xalq so‘zi online”

Yuqoridagi kelishuvchilar mamlakatimizning boy lokatsiya imkoniyatlarini jahon kino hamjamiyatiga e’tiboriga yetkazish va bu orqali O‘zbekistonga filmlar suratga olinishi uchun xorijiy kinokompaniyalarni keng jalb etishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan Kann xalqaro festivalida tashkil etilgan milliy paviloni o‘z ishini davom ettirmoqdi. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?