O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tashkil etildi

14:19 29 Iyun 2018 Madaniyat
532 2
Foto: O`zbekiston Badiiy Jamoalar Ijodiy birlashmasi​

“O‘zbekiston davlat filarmoniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qilgan.

Qarorga ko‘ra, Madaniyat vazirligi huzurida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi.

Davlat filarmoniyasi O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi, O‘zbekiston milliy simfonik, kamerli va xalq cholg‘u asboblari orkestrlari jamoalari birlashmasi hamda “Turkiston” san’at saroyining barcha huquq, majburiyat va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Davlat filarmoniyasining asosiy vazifasi etib, shu jumladan milliy, mumtoz va zamonaviy musiqa hamda raqs san’atini ilg‘or yutuqlar asosida rivojlantirish etib belgilandi.

Qarorga muvofiq Davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalari konsert-tomosha faoliyatini tegishli litsenziyani olmasdan, konsert-tomosha tadbirlarini bir martalik ruxsatnoma olmasdan amalga oshirishi mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?