Oʻzbekiston chim ustida xokkey terma jamoasi tarixiy natija qayd etdi

09:53 24 Dekabr 2018 Sport
810 0

Pokistonning Lahor shahrida chim ustida xokkey boʻyicha boʻlib oʻtgan musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarimiz vatanimizga yorugʻ yuz bilan qaytib keldilar.

Nufuzli musobaqa Tokio-2020 Olimpiadasiga litsenziya beruvchi xalqaro turnir boʻlgani bilan ham ahamiyatlidir. Sportchilarimiz Afgʻoniston (11:0), Nepal (6:1), Qozogʻiston (6:2) terma jamoalarini yirik hisobda magʻlubiyatga uchratishga erishdi.

Lahordagi turnirning barcha oʻyinlarini koʻtarinki ruhda oʻtkazgan terma jamoamiz mazkur musobaqaning kelasi yili Hindistonda davom etadigan final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Shu paytgacha Oʻzbekiston terma jamoasi hech qachon saralashning final bosqichida ishtirok etmagandi. Bu yil terma jamoa tarixiy natija qayd etib mazkur vazifani uddalashga muvaffaq boʻldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?