Oʻzbekiston Buyuk ipak yoʻli innovatsion ralli loyihasini qoʻllab-quvvatlamoqchi

17:18 27 Avgust 2018 Jamiyat
144 0

Oʻzbekiston Yevropadan Markaziy Osiyo oraligʻida oʻtadigan innovatsion ralli loyihasini qoʻllab-quvvatlamoqchi. Bu haqida Innovation rally on Silk road Filipp Raynish va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Baxtiyor Umarov oʻrtasida Toshkentda boʻlib oʻtgan uchrashuvda maʼlum boʻldi.

“Loyiha Buyuk ipak yoʻli boʻylab innovatsion ralli tashkil etishni nazarda tutadi. Uning doirasida 500 nafardan ortiq mototsiklchi Oʻzbekiston hududidan oʻtadi. Yoʻnalish Yevropadan boshlanib Markaziy Osiyogacha davom etadi. Kolonna yoʻlda ketar ekan, har bir shahar, har bir qishloqda mototsikl haydovchilari qandaydir innovatsion mexanizm, masalan, quyosh panellari, havo, suv tozalagichlar, smart-agrikultura elementlarini qoldirishadi”, - deyiladi qoʻmita xabarida.

Mototsikl haydovchilari bunday qurilmalarni oʻzlari oʻrnatib berishadi va ular qanday ishlashini tushuntirishadi. Bundan tashqari, ular maktablar, universitetlarga tashrif buyurib, innovatsiyalar boʻyicha mahorat maktablari uyushtirishadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?