Oʻzbekiston butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlarida jami 33 ta medalga ega boʻldi

10:28 10 Sentyabr 2018 Sport
309 0
Foto: 24.kg

Qirgʻiziston Respublikasining Choʻlpon-Ota shahrida boʻlib oʻtgan Butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlarida ilk bora rasman ishtirok etgan Oʻzbekiston sport delegatsiyasi yakuniy natijalarga koʻra jami 33 ta medalni (7 ta oltin, 8 ta kumush, 18 ta bronza) qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida beshinchi oʻrinni egalladi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi 13 ta sport turi boʻyicha 58 nafar sportchi bilan ishtirok etib, kurash, sambo, gyulesh (Azarbayjon kurashi), ashirtmali aba gyuleshi (Turkiya kurashi), alish kurashi (Qirgʻiziston kurashi), qirgʻiz kurashi, armrestling, mas-restling, lochin ovi, uloq koʻpkari, otda yengish turlari boʻyicha medallarni qoʻlga kiritdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?