Oʻzbekiston bozorlaridagi narxlar maʼlum qilindi

15:57 13 Fevral 2019 Iqtisodiyot
638 0

Arxiv foto

Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiy dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarning minimal-maksimal narxlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi (2019 yil 12 fevral holatiga 1 kg soʻmda).

Qayd etilishicha, mol goʻshtining eng qimmati Toshkent shahridagi “Mirobod dehqon bozori”da - 53 ming soʻm. Eng arzoni Nukus (“Nukus dehqon bozori”) va Toshkentda (“Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Qoʻyliq dehqon bozori”) - bir kilogrammi 28 ming soʻm.

Qoʻy goʻshtining eng qimmati Toshkentdagi “Farhod dehqon bozori” va “Eski joʻva dehqon bozori”da (45 ming soʻm). Eng arzoni Toshkent shahridagi “Farhod dehqon bozori”da (28 ming soʻm).

Kartoshkaning eng qimmati Toshkent shahridagi “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (3500 soʻm). Eng arzoni Toshkentdagi “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Qoʻyliq dehqon bozori”da (1200 soʻm).

Piyozning eng qimmati Andijon shahridagi “Yangibozor dehqon bozori”, “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Urganchdagi “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahridagi “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (2000 soʻm). Eng arzoni Toshkentdagi “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski joʻva dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”da (500 soʻm).

Sabzining eng qimmati Toshkent shahridagi “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (3500 soʻm). Eng arzoni Namangan shahridagi “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Gulistondagi “Guliston dehqon bozori”, Fargʻonadagi “Fargʻona shahar markaziy dehqon bozori”da (1000 soʻm).

Tuxumning eng qimmati (10 dona) Toshkent shahridagi “Oloy dehqon bozori” va “Farhod dehqon bozori”da (7000 soʻm). Eng arzoni Toshkentdagi “Qoʻyliq dehqon bozori”da (3000 soʻm).

Guruchning eng qimmati Andijon shahridagi “Yangibozor dehqon bozori”, Toshkentdagi “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (16 000 soʻm). Eng arzoni Toshkent shahridagi “Eski joʻva dehqon bozori”, Nukus shahridagi “Nukus dehqon bozori”, Jizzax shahridagi “Eski shahar dehqon bozori”, “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Guliston shahridagi “Guliston dehqon bozori”, Toshkentdagi “Oloy dehqon bozori”da (5000 soʻm).

Oʻsimlik yogʻining eng qimmati Jizzax shahridagi “Eski shahar dehqon bozori”, “Jizzax markaziy dehqon bozori”da (13 000 soʻm). Eng arzoni Toshkent shahridagi “Qoʻyliq dehqon bozori”da (8300 soʻm).

Shakarning eng qimmati Fargʻona shahridagi “Fargʻona shahar markaziy dehqon bozori”da (6000 soʻm). Eng arzoni Toshkent shahridagi “Qoʻyliq dehqon bozori”da (4400 soʻm).

Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal isteʼmol narxlari maʼlumotlari tanlanma statistik kuzatuv tamoyillariga asosan olingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?