Oʻzbekiston bozorlaridagi narx-navo: eng arzon mol goʻshti qayerda?

10:18 21 Noyabr 2018 Jamiyat
1540 0

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakat bozorlaridagi narx-navolarni oʻrganishni davom etadi, deb yozadi OʻzA.

Mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 2018 yil 18 noyabr holatidagi narxlari bilan tanishing.
Mol goʻshti

26 000 soʻmdan 45 000 soʻmgacha

Mamlakat bozorlarida oldingi haftada kuzatilganidek, 1 kg mol goʻshti 26 000 soʻmdan 45 000 soʻmgacha boʻlgan narxlarda sotilmoqda.

Eng arzon narxlar oʻtgan haftada boʻlgani kabi bu haftada ham Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatilgandi. 1 kg mol goʻshtining narxi 26 000 soʻmdan 40 000 soʻmgacha sotilmoqda.

Eng qimmat Qoʻyliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 28 000 – 45 000 soʻm.

Qoʻy goʻshti

28 000 soʻmdan 44 000 soʻmgacha

Bu haftada narxlar oʻzgarishsiz qolgan.

Poytaxt bozorlarida 1 kg qoʻy goʻshti 28 000 – 40 000 ming soʻmgacha sotilmoqda.

Eng arzon narx “Farhod” bozori (Toshkent shahri)da – 1 kg qoʻy goʻshti narxi 28 000 – 39 000 soʻm.

Eng qimmat narx Yangi shahar bozori (Andijon)da – 1 kg qoʻy goʻshti 42 000 – 44 000 soʻm.

Tovuq goʻshti

11 000 soʻmdan 20 000 soʻmgacha

Eng qimmat narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida – 17 000 – 20 000 soʻm

Eng arzon narx Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida – 11 000 – 15 000 soʻm

Poytaxt bozorlarida 1 kg tovuq goʻshtini oʻrtacha 16 000 soʻmdan xarid qilish mumkin.

Guruch

3 000 soʻmdan 14 000 soʻmgacha

Bu haftada baʼzi bozorlarda guruch narxi biroz qimmatlashgani kuzatildi.

Eng qimmat narx Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri) – 6000 – 14 000 soʻm.

Eng arzon narx Samarqand shahri “Siyob” bozori – 3000 – 9000 soʻm (oʻtgan haftadagi narx saqlanib qolgan).

Oʻsimlik yogʻi

8 000 soʻmdan 12 500 soʻmgacha

Eng arzon narxlar Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 8000 – 10 500 soʻm.

Eng qimmat narxlar “Farhod” dehqon bozori (Toshkent shahri) 12 500 soʻmgacha (oʻtgan haftadagi narx saqlanib qolgan).

Un

1 500 soʻmdan 3 600 soʻmgacha

Oʻtgan haftadagi narxlar saqlanib qolgan.

Eng arzon narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 1 kg 1-navli un 1500 soʻmdan 2000 soʻmgacha.

Eng qimmat narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori – 2500 – 3500 soʻm.

Shakar

4 100 soʻmdan 5 200 soʻmgacha

Eng qimmat narx Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorida – 5000-5500 soʻm.

Eng arzon narx “Farhod” dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 4100 – 4600 soʻm.

Tuxum

450 soʻmdan 700 soʻmgacha

Kuzatishlar bu haftada ham tovuq tuxumining narxida oʻzgarishlar boʻlmaganini koʻrsatmoqda.

Mamlakat bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini oʻrtacha 450-700 soʻmdan xarid qilish mumkin.

Kartoshka

1 200 soʻmdan 3 000 soʻmgacha

Kartoshkaning narxi baʼzi bozorlarda arzonlashgan.

Eng arzon narx “Yunusobod dehqon bozori” (Toshkent shahri)da – 1200 soʻmdan 2500 soʻmgacha.

Eng qimmat narx – mamlakatning aksariyat bozorlarida 1 kg kartoshka 3000 soʻmgacha.

Pomidor

1 500 soʻmdan 9 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida – 1500 soʻmdan 3000 soʻmgacha.

Eng qimmat narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori hamda Qoʻyliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 5000 – 9000 soʻmgacha.

Xoʻjalik sovuni

1 250 soʻmdan 4 000 soʻmgacha

Oʻtgan haftadagi narxlar saqlanib qolgan.

Eng arzon narx Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozori – 1250 soʻmdan 1800 soʻmgacha.

Eng qimmat narx Guliston shahri Markaziy dehqon bozori – 2000 – 4000 soʻmgacha.

Mamlakat aksariyat bozorlarida sifatli xoʻjalik sovunini 3000 soʻmdan xarid qilish mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?