Oʻzbekiston bozorlarida narx-navo qanday?

15:15 01 Iyul 2019 Iqtisodiyot
309 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni oʻrganishni davom ettiradi.

Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 2019-yil 30-iyun holatidagi narxlari

Mol goʻshti

28 000 soʻmdan– 42 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda 1 kg. mol goʻshtining narxi 28 000 soʻmdan – 40 000 soʻmgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol goʻshti uchun eng qimmat narx Samarqand shahri “Siyob“ bozorida va Navoiy shahridagi “Saxovat” MCHJga tegishli dehqon bozorida qayd etilgan – 34 000 – 42 000 soʻm.

Qoʻy goʻshti

32 000 soʻmdan – 44 000 soʻmgacha

Eng arzon narx 1 kg. qoʻy goʻshti uchun poytaxtimizning “Mirobod”, “Farhod”, “Chorsu” bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qoʻy goʻshtini 32 000 dan 42 000 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx bu haftada ham Toshkentdagi Qoʻyliq dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qoʻy goʻshti – 40 000 dan 44 000 soʻmgacha.

Tovuq goʻshti

12 000 soʻmdan – 20 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 12 000 soʻmdan – 14 500 soʻmgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq goʻshti esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozori va Toshkentdagi “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 14 000 – 20 000 soʻm.

Guruch

3 500 soʻmdan – 14 000 soʻmgacha

Eng arzon narx poytaxtimizning “Farhod” dehqon bozorida qayd etilgan – 3 500 – 12 000 soʻm.

Eng qimmat narx esa Jizzax shahri Markaziy dehqon bozori, Namanganning “Sardoba“ dehqon bozori, Sirdaryoning Guliston shahri Markaziy dehqon bozori hamda Toshkentning “Chorsu” dehqon bozorida kuzatilgan – 4 000 – 14 000 soʻm.

Oʻsimlik yogʻi

8000 soʻmdan – 13 500 soʻmgacha

Eng arzon oʻsimlik yogʻi Toshkentdagi Farhod dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz oʻsimlik yogʻini 8 000 soʻmdan – 11 500 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Namangan shahri “Sardoba“ dehqon bozorida qayd etilgan – 9 000 dan 13 500 soʻmgacha.

Un

1 750 soʻmdan – 4 900 soʻmgacha

Eng arzon narxdagi un Toshkentdagi “Farhod” bozorida kuzatildi. Bu yerda siz 1 kilogramm oliy navli un uchun 2 200 soʻm toʻlashingiz zarur boʻladi.

1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx poytaxtimizdagi “Mirobod”, “Farhod”, “Chorsu” va “Qoʻyliq” dehqon bozorlari hamda Fargʻona markaziy dehqon bozorida qayd etildi — bu summa 1 750 soʻmni tashkil qilmoqda.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un Toshkent shahridagi Mirobod dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 soʻm.

1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Sirdaryoning Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 800 soʻmgacha.

Shakar

4 500 soʻmdan – 5 500 soʻmgacha

Eng arzon narx Toshkent shahridagi “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 4 500 – 5 200 soʻm.

1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Nukus shahar, Jizzax shahri va Navoiy shahridagi “Saxovat” MCHJga qarashli Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 5 500 soʻm.

Tuxum

350 soʻmdan – 700 soʻmgacha

Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini oʻrtacha 350 - 700 soʻmdan xarid qilishingiz mumkin.

Kartoshka

1 000 soʻmdan – 3 000 soʻmgacha

Eng arzon narx poytaxtdagi “Chorsu” Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 1 000 soʻmdan – 3 000 soʻmgacha.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx poytaxtdagi “Chorsu”, Guliston shahar Markaziy dehqon bozori, Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori, hamda Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 000 – 3 000 soʻmgacha.

Pomidor

1 500 soʻmdan – 6 000 soʻmgacha

Eng arzon narx poytaxtimizdagi Qoʻyliq dehqon bozorida kuzatildi – 1 500 soʻmdan – 3 000 soʻmgacha.

Eng qimmat narx esa poytaxtdagi “Chorsu” hamda “Farhod” dehqon bozorlari va Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 2 000 – 6 000 soʻmgacha.

Xoʻjalik sovuni

800 soʻmdan – 3 500 soʻmgacha

Eng arzon narx Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda siz xoʻjalik sovunini 800 soʻmdan (3 500 soʻmgacha) xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Jizzax shahri Markaziy dehqon bozori, Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida va Toshkentdagi “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi – 800 – 3 500 soʻm.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?