Oʻzbekiston bozorlarida narx-navo qanday?

18:09 01 Aprel 2019 Jamiyat
657 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni oʻrganishni davom ettiradi.

Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 2019 yil 31 mart holatidagi narxlari

Mol goʻshti

28 000 soʻmdan – 40 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Chorsu dehqon bozori, Farhod dehqon bozori, Yunusobod dehqon bozori (barchasi Toshkent) va Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kg. mol goʻshtining narxi 28 000 soʻmdan - 38 000 soʻmgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol goʻshti uchun eng qimmat narx Andijondagi markaziy dehqon bozori hamda Urganch shahar (Xorazm) markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 30 000 – 40 000 soʻm.

Qoʻy goʻshti

28 000 soʻmdan – 42 000 soʻmgacha

Eng arzon narx 1 kg. qoʻy goʻshti uchun Farhod dehqon bozori, Chorsu dehqon bozori va Qoraqalpogʻistonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz qoʻy goʻshtini 28 000 dan 38 000 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Toshkentdagi Qoʻyliq dehqon bozori va Andijondagi markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qoʻy goʻshti 38 000 – 42 000 soʻmga.

Tovuq goʻshti

12 000 soʻmdan – 21 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Xorazmdagi markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 11 000 soʻmdan – 16 000 soʻmgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq goʻshti esa Mirobod dehqon bozorida kuzatildi – 18 000 – 21 000 soʻm.

Guruch

4 000 soʻmdan – 15 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Samarqand shahridagi Siyob dehqon bozorida qayd etilgan – 4 000 – 9 000 soʻm.

Eng qimmat narx esa Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 4 500 – 15 000 soʻm.

Oʻsimlik yogʻi

8 300 soʻmdan – 12 500 soʻmgacha

Eng arzon oʻsimlik yogʻi Andijon shahridagi Yangi shahar bozorida kuzatildi. Bu yerda siz oʻsimlik yogʻini 8 300 soʻmdan – 9 000 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx ham poytaxtda “Mirobod” dehqon bozorida qayd etilgan – 12 500 soʻmgacha.

Un

1 750 soʻmdan – 4 900 soʻmgacha

Eng arzon un Toshkentning “Qoʻyliq” dehqon bozorida boʻlib, uning narxi 1 kg. uchun 1 700 – 3 350 soʻm. 1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 1 kg. 1-navli un narxi 1 500 soʻmdan.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un uchun Qoʻyliq dehqon bozorida va Urganch shahridagi Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 4 000 soʻm. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Qoʻyliq dehqon bozori, Xorazmdagi Urganch Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 000 soʻmgacha.

Shakar

4 300 soʻmdan – 5 500 soʻmgacha

Eng arzon narx Toshkent shahridagi “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 4 300 – 5 200 soʻm.

1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori, Termiz shahri markaziy dehqon bozori hamda Xorazmda Urganch Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 5 500 soʻm.

Tuxum

300 soʻmdan – 650 soʻmgacha

Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini oʻrtacha 300 - 650 soʻmdan xarid qilishingiz mumkin.

Kartoshka

1 000 soʻmdan – 3 000 soʻmgacha

Eng arzon narx poytaxtdagi Qashqadaryo Qarshi shahri “Yerqoʻrgʻon” dehqon bozorida qayd etildi – 1 000 soʻmdan – 2 300 soʻmgacha.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx Toshkentda ”Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 1 200 – 3 000 soʻmgacha.

Pomidor

5 000 soʻmdan – 17 000 soʻmgacha

Eng arzon narx “Chorsu” dehqon bozorida kuzatildi – 5 000 soʻmdan - 15 000 soʻmgacha.

Eng qimmat narx esa Xorazmda Urganch shahridagi Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 15 000 – 17 000 soʻmgacha.

Xoʻjalik sovuni

1 500 soʻmdan – 3 500 soʻmgacha

Eng arzon narx Namangan shahri Markaziy dehqon bozori, Surxondaryo Markaziy dehqon bozorida, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi “Yerqoʻrgʻon dehqon bozori”da va Fargʻonadagi Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda siz xoʻjalik sovunini 1 500 soʻmdan (3 500 soʻmgacha) xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Jizzax shahridagi, Namangan shahri va Xorazmning Urganch shaharlaridagi Markaziy dehqon bozorlarida qayd etildi – 1 500 – 3 500 soʻmgacha.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?