Oʻzbekiston bosh toksikologi va gemotologi zaharlangan hamyurtlarimizga yordam koʻrsatish uchun Rossiyaga joʻnab ketdi

13:54 17 Avgust 2019 Jamiyat
139 0

Mamlakatimizning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi maʼlumotiga koʻra 2019-yil 17-avgust kuni Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi bosh toksikologi Rustam Akalayev va bosh gematologi Hamida Kazakbayeva “Koshelevskiy posad” korxonasida ishlagan va iyul oyida “nomaʼlum moddadan zaharlanish” tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilib, hozirdan davolanishni davom ettirayotgan 48 nafar Oʻzbekiston fuqarolariga yordam koʻrsatish uchun Samara viloyatiga uchib ketadi.

4 nafar ogʻir ahvolda boʻlgan jabrlanuvchi (Ogʻabek Artikov, Islomboy Kuchkarov, Farhod Xayitov, Omonboy Roʻzimov) 16-avgust kuni davolanishni davom ettirishlari uchun Rossiya FVVning maxsus samolyotida Moskva shahridagi Gematologiya Milliy tibbiy tadqiqotlar markaziga olib kelindi. Rossiya poytaxtida ularni mamlakatimiz Elchixonasining va Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vakolatxonasining xodimlari kutib olishdi.

44 nafar Oʻzbekiston fuqarolari esa hamon V.D.Seredavin nomidagi Samara viloyati klinik shifoxonasida va 1-son Tolyatti shahar klinik shifoxonasida boʻlib turibdi.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Volga boʻyi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kriov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm oʻlkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga ular zarurat tugʻilgan holatlarda mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtadi: +7-967-772-66-00.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?