Oʻzbekiston Boeing 737 MAX samolyotlari uchun aeroportlarini yopdi

16:06 13 Mart 2019 Jamiyat
470 0

Oʻzbekiston aeroportlari 13 mart kuni soat 17:00dan boshlab bir oy muddatda Boeing 737 MAX samolyotlarini qabul qilish va yuborish uchun vaqtinchalik yopildi. Bu haqda Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi xabar qildi.

Aviatsiya tarmogʻidagi manbalarning aniqlik kiritishicha, taqiq ushbu tipdagi samolyotlarning Oʻzbekiston ustidan uchib oʻtishiga taalluqli emas.

Boeing 737−8 MAX samolyoti shu yakshanba kuni Efiopiyada halokatga uchragandan soʻng, koʻplab davlatlar mazkur laynerlar ekspluatatsiyasini toʻxtatdi. AQSH esa hozircha bunday cheklovni oʻrnatmoqchi emas.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?