Oʻzbekiston birinchi marotaba Venetsiya arxitektura biyennalesida “Mahalla: shahar va qishloq hayoti” loyihasi bilan ishtirok etadi

12:05 17 Noyabr 2020 Madaniyat
113 0

Oʻzbekiston birinchi marotaba Venetsiya arxitektura biyennalesida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

“Yangi Oʻzbekiston” portali xabariga koʻra, 2021-yil 22-maydan 21-noyabrga qadar Venetsiyada arxitektura va sanʼat olamida keng koʻlamli tadbir — XVII xalqaro meʼmorchilik biyennalesi boʻlib oʻtadi.

Unda Oʻzbekiston oʻzining “Mahalla: shahar va qishloq hayoti” deb nomlangan milliy loyihasini taqdim etadi.

Milliy pavilyonimiz biyennalening asosiy joylari — “Arsenal” va “Giardini” chorrahasida, mezbon Italiya pavilyoni bilan yonma-yon joylashadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi ushbu loyihani tayyorlashga Syurixdagi Shveysariya oliy texnik maktabini jalb etdi. Mazkur maktab professorlari Emmanuel Krist va Kristof Gantenbein koʻrgazmaning kuratori sifatida ishtirok etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?