Oʻzbekiston — Belarus ilmiy-texnik loyihalar tanlovi natijalari eʼlon qilindi

16:39 23 May 2019 Jamiyat
304 0

Innovatsion rivojlanish vazirligida Oʻzbekiston — Belarus hamkorligi doirasida 2019-2020 yillarda bajarilishi moʻljallangan ilmiy-texnik loyihalar tanlovi natijalari boʻyicha moliyalashtirishga tavsiya etilgan 15 ta loyiha mualliflariga sertifikatlar topshirildi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Belarus Respublikasi Prezidentining oʻtgan yili sentyabr oyida mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida Toshkent shahrida Fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolangan edi. Shunga binoan, Belarus Respublikasi Fan va texnologiyalar qoʻmitasi bilan kelishilgan holda ilmiy-texnik loyihalar tanlovi eʼlon qilingan boʻlib, ushbu tanlovga jami 34 ta loyiha kelib tushdi. Oʻz navbatida, Belarus tomondagi hamkor tashkilotlardan ayrim mavzular boʻyicha tanlovga loyihalar topshirilmaganligi tufayli 9 ta loyiha tanlovdan chetlashtirildi. 25 ta ilmiy-texnik loyiha Ilmiy-texnik kengashlarda ekspertizadan oʻtkazildi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi delegatsiyasi Belarus Respublikasiga xizmat safari davomida Belarus Fan va texnologiyalar qoʻmitasi bilan moliyalashtirishga tavsiya etilgan loyihalar boʻyicha muzokaralar olib borildi va 15 ta loyihani moliyalashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?