Oʻzbekiston AQSH gʻaznachilik obligatsiyalarini xarid qiladi

15:59 16 Fevral 2019 Iqtisodiyot
367 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston oʻzining valyuta rezervlari tarkibida oltinning ulushini qisqartiradi va AQSHning gʻaznachilik obligatsiyalarini xarid qiladi. Bu haqda Bosh vazir oʻrinbosari, moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov Reutersʼga maʼlum qildi.

“Joriy yildan boshlab, Markaziy bank oʻz rezervlarini diversifikatsiya qilishni boshlaydi va maʼlum miqdorda AQSH gʻaznachilik obligatsiyalarini xarid qiladi”, dedi u.

Markaziy bank raisi birinchi oʻrinbosari Timur Ishmetovning maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston rezervlarining taxminan yarmini oltin tashkil qiladi. “Biz bosqichma-bosqich rezervimizdagi oltin ulushini kamaytirib boramiz va unga AQSH obligatsiyalarini qoʻshamiz”, dedi u.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?