Oʻzbekiston AKT sohasida Yaponning “Toyota Tsusho Corporation” kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi

11:56 22 May 2019 Jamiyat
223 0

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida “Toyota Tsusho Corporation” kompaniyasi vitse-prezidenti Xideki Yanase va “NEC Corporation” kompaniyasi katta vitse-prezidenti Shigeru Okuya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Muloqot davomida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC), ushbu mamlakatning tijorat banklari kredit mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan “Maʼlumotlar uzatishning magistral va multiservis tarmogʻini kengaytirish” hamda “IMS texnologiyasi boʻyicha kommunikatsiya markazlarini modernizatsiyalash” investitsiya loyihalarining amaliy jihatlari muhokama qilindi. Yaponiyalik hamkorlar tomonidan loyihani amalga oshirish doirasida oʻz majburiyatlarini toʻliq bajarishga, shu jumladan, jadval asosida uskunalarni oʻz vaqtida yetkazib berishga tayyor ekanliklari bildirildi.

Shuningdek, zamonaviy telekommunikatsiya va axborot texnologiyalarini tatbiq etishning istiqbolli loyihalarini boʻyicha fikr almashildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?