Oʻzbekiston aholisi qanchaga koʻpaygani maʼlum qilindi

10:46 22 Aprel 2019 Jamiyat
692 0

Arxiv foto

Oʻzbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2019 yil 1 aprel holatiga 33 mln 375,8 ming kishini tashkil etib, 2019 yil boshidan 120,3 ming kishiga yoki 0,4 %ga oʻsdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasining birinchi chorak yakunlari boʻyicha “Xalq soʻzi”ga taqdim etgan hisobotida qayd qilingan.

Jumladan, shahar aholisi soni 16 865,1 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,5 %), qishloq aholisi soni 16 510,7 ming kishini (49,5 %) tashkil etdi.

Doimiy aholi sonining asosiy yosh guruhlari boʻyicha taqsimlanishi (2019 yil 1 aprel holatiga; jamiga nisbatan % da) Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2019 yil 1 aprel holatiga Respublika doimiy aholi sonining 30,4 %i mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 59,5 %i mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,1 %i mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Tugʻilish. 2019 yilning yanvar-mart oylarida 159,5 mingta bola tugʻilganligi qayd etilgan boʻlib (bu yerda va bundan keyin tugʻilganlarga faqat tirik tugʻilganlar inobatga olingan), mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tugʻilish koeffitsiyenti 19,4 promilleni tashkil etdi hamda 2018 yilning mos davriga nisbatan 1,2 promillega oshganligi (2018 yilning yanvar-mart oylarida 18,2 promille boʻlgan) kuzatildi.

2019 yil yanvar-mart oylarida

  • Doimiy aholi soni 120,3 ming kishiga koʻpaydi.
  • Tirik tugʻilganlar soni 159,5 ming nafarni tashkil etdi.
  • 37,1 mingta vafot etganlar qayd etildi.

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?