Oʻzbekiston Afgʻonistonda toʻqimachilik sanoati qayta tiklanishiga yordam beradi

16:39 08 Aprel 2019 Jamiyat
157 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Afgʻonistonda toʻqimachilik sanoati qayta tiklanishiga koʻmak beradi. Yaqinda Kobul shahrida Afgʻonistondagi toʻqimachilik sanoati korxonalari faoliyatini qayta tiklash boʻyicha hamkorlik qilish toʻgʻrisida oʻzaro imzolangan memorandumda shu jihatga alohida eʼtibor qaratilgan. Bu haqda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi xabar berdi.

Hujjat doirasida Oʻzbekiston tomoni afgʻon toʻqimachilik sanoatiga konsultativ va texnik koʻmak koʻrsatishi nazarda tutilgan. Jumladan, Oʻzbekiston Afgʻoniston toʻqimachilik korxonalari qayta tiklanishi boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha yordam beradi.

Bundan tashqari, mazkur qoʻshni davlat toʻqimachilik sanoati mutaxassislarini oʻqitishi boʻyicha Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida kurslar tashkil etish, mahalliy korxonalarda esa malaka oshirish jarayonlarini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, oʻzbekistonlik mutaxassislar Afgʻonistonga toʻqimachilik sanoati holatini oʻrganish uchun borishdi. Ular safar chogʻida paxta tolasini qayta ishlash boʻyicha yirik afgʻon korxonalari va toʻqimachilik fabrikalariga tashrif buyurdilar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?