Oʻzbekiston aeroport va vokzallarida sayyohlar uchun planshet ijarasi yoʻlga qoʻyildi

18:44 09 Sentyabr 2019 Jamiyat
161 0

Oʻzbekistonning aeroport va vokzallarida chet el fuqarolariga qoʻshimcha qulaylik yaratish hamda xavfsiz turizmni taʼminlash maqsadida xizmatlar sifatini oshirish, axborot muhitini takomillashtirish, jumladan, sayyohlik-axborot punktlari, turistik navigatsiya tizimlari, yoʻnalish olish belgilari va boshqalarni tashkil etishga doir qator samarali ishlar olib borilmoqda.

Respublika hududidagi aeroport, vokzal va sayyohlar gavjum joylarda xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun maxsus planshetlar ijarasi yoʻlga qoʻyilgani ham buning tasdigʻidir. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar berdi.

Planshetlar aeroport va vokzallarning kutish zallarida sayyohlarning murojaatlariga koʻra berilmoqda. Ushbu planshetlarga Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan turistlar uchun zarur boʻlgan barcha mobil ilovalar yuklangan, bu esa sayyohlarga beminnat yordam koʻrsatishi, shubhasiz. Eslatib oʻtamiz, 2018-yilda Oʻzbekistonga kelgan mehmonlar qulayligi uchun aeroport, vokzal va sayyohlar gavjum boʻladigan joylarda maxsus sim-kartalar sotuvi yoʻlga qoʻyilgan edi. Rouming xizmati muqobili sifatida ishlab chiqarilgan bu sim-kartani faqat xorijiy fuqaro pasporti bilan xarid qilish mumkin. Bundan tashqari, kelgusida sayyohlarga telefon apparati va mobil router ijaraga berish xizmati ham yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?