Oʻzbekiston 9,3 mln. dollarlik konservalangan meva-sabzavotlar eksport qildi

19:08 15 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
133 0

Oʻzbekistonda joriy yilning oʻtgan 9 oyi davomida 9 mln 365 ming AQSH dollari qiymatidagi 8720 tonna konservalangan meva-sabzavotlar eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3607,4 tonnaga koʻp demakdir.

Joriy yilda konservalangan meva-sabzavotlar eksportidan koʻrilgan daromad oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 24 foizga oshdi.

Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, konservalangan meva-sabzavotlarning 37 foizi Rossiyaga, 26,4 foizi Qozogʻistonga hamda 26 foizi Afgʻonistonga eksport qilingan.

Shuningdek, joriy yilda konservalangan meva-sabzavotlarning Tojikistonga eksporti 3,8 barobarga, Janubiy Koreyaga eksporti 3,1 barobarga, Ukrainaga eksporti 1,7 barobarga, Qirgʻizistonga eksporti 1,6 barobarga va Turkmanistonga eksporti 1,3 barobarga ortgan.

Oʻzbekistondan konservalangan meva-sabzavotlar eksport qilingan davlatlar qatoriga joriy yilda Belarus va Italiya davlatlari ham qoʻshildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?