Oʻzbekiston 4G internet qamrovi boʻyicha eng soʻnggi oʻrinda qayd etildi

17:22 30 May 2019 Jamiyat
445 0

Oʻzbekiston toʻrtinchi avlod interneti 4G tarmogʻi ishlaydigan hududlar qamrovi boʻyicha reytingda eng soʻnggi oʻrinda qayd qilindi. Bu haqda Opensignal maʼlumotlarida qayd qilingan.

Mazkur portal hisobotiga koʻra, Oʻzbekistondagi abonentlarning 49,9% foizigina 4G tarmogʻidagi internetdan foydalanadi.

Bu borada yetakchi davlat Janubiy Koreya (97,5%) boʻlib turibdi, 4G qamrovi eng keng ikkinchi davlat esa Yaponiya (96,3%). Kuchli uchlikni Norvegiya (95,5%) mamlakati yakunlab bergan.

Oʻzbekiston 4G ishlaydigan hududlari qamrovi 50%dan kam boʻlgan yagona davlat boʻlib turibdi. Bu borada koʻrsatkichlarimiz Iroq, Ekvador, Gana va Shri Lanka kabi mamlakatlardan ham pastroqda qayd qilingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?