Oʻzbekiston 42,9 million dollarlik mosh eksport qildi

14:47 21 Noyabr 2020 Iqtisodiyot
200 0

Oʻzbekistonda joriy yilning oʻtgan 10 oyi davomida 42 mln. 932 ming AQSH dollari qiymatidagi 48 422 tonnadan ortiq mosh eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi.

Mazkur yilda 2019-yilning aynan shu davriga nisbatan yurtimizdan 14 823 tonna koʻp mosh eksport qilingan boʻlib 44 foizga oʻsishga erishildi.

Eksport qilingan mosh natijasida yurtimizga valyuta tushumlari esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 18,8 million dollarga koʻpayib, 78 foiz oʻsishga erishildi.

Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, moshning 46 foizi Xitoyga, 32 foizi Pokistonga va 8 foizi Afgʻonistonga eksport qilingan.

Shuningdek, joriy yilda moshning eksporti Niderlandiyaga 18 barobarga, Germaniyaga 14 barobarga va Tojikistonga 11 barobarga ortgan.

Joriy yildan ilk bora yurtimizdan Belgiya, Qatar, Tayvan, Ozarbayjon, Avstraliya va Koreyaga mosh eksporti yoʻlga qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?