Oʻzbekiston 2019 yilda 34ta sport musobaqasiga mezbonlik qilmoqchi

10:46 04 Yanvar 2019 Sport
625 0

Oʻzbekiston 2019 yilda 34 ta nufuzli xalqaro musobaqalarga mezbonlik qilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev oʻzining Facebookʼdagi sahifasida maʼlum qildi.

Vazirga koʻra, 2019 yilda:

  • Tennis boʻyicha “Devis Kubogi” jahon chempionati saralash bosqichi (fevral);
  • Badiiy gimnastika boʻyicha jahon kubogi bosqichi (mart-avgust);
  • Velosiped sporti (velo shosse yoʻnalishi) boʻyicha Osiyo chempionati (aprel);
  • Dzyudo boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo kubogi (aprel);
  • Kurash boʻyicha yoshlar oʻrtasida jahon chempionati (aprel);
  • Taekvondo VTF boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempionati (may-avgust);
  • Karate WKF boʻyicha Osiyo chempionati (iyul);
  • Uloq koʻpkari boʻyicha jahon chempionati (avgust-sentyabr);
  • Baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha Osiyo kubogi (sentyabr-oktyabr);
  • Ot sporti boʻyicha jahon kubogi (sentyabr-oktyabr);
  • Qilichbozlik boʻyicha jahon kubogi bosqichi (oktyabr);
  • Sambo boʻyicha yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Jahon chempionati (oktyabr) va boshqa shu kabi nufuzli xalqaro musobaqalar yurtimizda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?