O‘zbekiston 2017 yilda 26,8 mingta yengil avtomashina eksport qildi

10:13 01 Iyun 2018 Iqtisodiyot
866 0
Foto: kabar.kg

O‘tgan yili GM Uzbekistan tomonidan 140 ming 247 dona avtomobil ishlab chiqartlgan bo‘lib, 2016 yil bilan taqqoslaganda o‘sish hajmi 59 foizni tashkil etdi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

O‘zA xabariga ko‘ra, Samarqand avtomobil zavodida o‘tgan yilda 3,6 ming yuk avtomobili va avtobus ishlab chiqarilgan. O‘sish hajmi 5,5 foizni tashkil etgan. JV MAN Auto Uzbekistan qo‘shma korxonasida esa 1,2 ming yuk avtomobili va avtobus ishlab chiqarilgan.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar ichki ehtiyojdan tashqari xorijiy davlatlarga ham eksport qilinmoqda.

“2017 yili 26 800 yengil avtomobilni eksport qildik. Mashinalarning asosiy qismi Rossiyaga yetkazib berilmoqda. Bu mamlakatda Ravon Nexia R3 eng ommabop va xaridorgir avtomobillar sirasiga kiradi”, — degan “O‘zavtosanoat” AJ raisi o‘rinbosari A.Musayev.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?